Sabzavotchilik

Ushbu kitob sabzavotchilik sohasida ta'lim olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligi va suv xo'jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangan. Unda sabzavotchilikning ahamiyati, biologik xususiyatlari, yetishtirish texnologiyalari va tumanlashtirilgan navlari kabi mavzular yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Sabzavotchilikning ahamiyati va vazifalari: Sabzavotchilik fanining maqsadi, vazifalari, ahamiyati, sabzavotlarning xalq xo'jaligidagi o'rni va sabzavotchilikning qishloq xo'jaligidagi ahamiyati, hozirgi holati, respublikamizda sabzavotchilikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar, qabul qilinayotgan qarorlar va qonunlar, sabzavot ekinlarining ahamiyati, kimyoviy tarkibi, shifobaxshlik xususiyatlari kelib chiqishi va tarqalish tarixi, sabzavot o'simliklari botanik oilalarga ko'ra bo'linishi.
  • Sabzavot o'simliklarining biologik xususiyatlari: Sabzavotlarning issiqlik, yorug'lik, namlik, tuproq va harorat ta'sirida o'simliklar filogenezidagi o'zgarishlar, o'sish va rivojlanish bosqichlarini o'tishi davrida tashqi muhit ta'siri, vegetativ hamda generativ uslda ko'paytirishning ahamiyati.
  • Sabzavot ekinlarini almashlab ekish, ekish muddatlari va ekish usullari: Sabzavotlarni almashlab ekishning ahamiyati hamda turli ekish usullari, urug'larni hamda vegetativ usulda ko'payadigan sabzavotlar ekish ashyolarini ekishga tayyorlash, O'zbekiston iqlim sharoitida sabzavotlarni ekish muddatlari va usullari, ularni turli muddatlarda ekish sabablari.
  • Himoyalangan yer inshootlari turlari, tuzilishi va vazifalari: Himoyalangan joy inshootlari, ularni axamiyati, vazifasi xususiyatlari, O'zbekistonda himoyalangan joy inshootlarini qisqacha tarixi, hozirgi ahvoli va rivojlanishi, isitilgan yer va ekin o'stiriladigan inshootlarga tavsif, parniklarga tavsif. issiqxonalarga tavsif ularni issitilgan yer va parniklardan farqi, issiqxonalar vazifasi, ulardan foydalanish. Issiqxonalarni boshqa inshootlardan farqi, zamonaviy – va angar issiqxonalarni namunaviy loyihalari.
  • Himoyalangan joylarda sabzavot ko'chatlarini yetishtirish usullari: Ko'chat yetishtirish uslubini ahamiyati, uni afzalligi va kamchiliklari, ko'chat yetishtiruvchi inshootlar va ularga qo'yiladigan talablar, urug'larni ekishga tayyorlash usullari, ko'chat yetishtirish uslublari va usullari ularni afzallik va kamchiliklari.
  • Himoyalangan joylarda sabzavot ekinlarini yetishtirish texnologiyasi: Himoyalangan joy sabzavotchiligi, ko'kat va sabzavotlarni yetishtirish texnologiyasi, himoyalangan joylarda yetishtiriladigan sabzavotlarni yorug'likka talabi va uni guruhlash, issiqlik tartiboti. Haroratni asosiy me'yorlari. Sabzavotlarni sug'orish usullari havo-gaz tartiboti, uni ta'minlash va sozlash usullari.
  • Kartoshkani ahamiyati biologik xususiyatlari kasallik va zarakunandalari, respublikamizda kartoshka yetishtirish texnologiyalari: Kartoshka biologiyasi va tumanlashtirilgan navlarini xo'jalik tavsifi, ertagi va kechki kartoshka urug'ini ekishga tayyorlash usullari va yetishtirish texnalogiyasi.
  • Tomatdosh sabzavotlarni ahamiyati, biologik xususiyatlari va tumanlashtirilgan navlari va yetishtirish texnologiyasi: Tomatdoshlarni ahamiyati, tarqalishi, tashqi muhit omillariga munosabati va ko'paytirish usullari, Ertagi va kechki pomidorga yerni tayyorlash, Tomatdoshlarni urug'ni ekishga tayyorlash, ekish muddati sxemasi va chuqurligi.
  • Karamli sabzavotlarni ahamiyati, biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi: Karam turlari va navlarini farqlari, kimyoviy tarkibi, issiqlik, namlik, tuproq va havo oziqasiga munosabati, Karamni almashlab ekishdagi o'rni, ekish muddati, tuproq oziqasiga talabchanligi, Karamdoshlarni ertagi, kechki va o'rtagi muddatlarda yetishtirish hamda urug'idan yetishtirish texnologiyasining o'ziga xos xususiyatlari.
  • Ildizmevalilarni ahamiyati, biologik xususiyatlari va tumanlashtirilgan navlari: Sabzi, turp, osh lavlagi, va boshqa harorat, namlik va tuproq oziqasiga munosabati hamda tumanlashtirilgan navlari, Erni ekishga tayyorlash, ekish muddatlari, Ildizmevalardagi kasallik va zarakunandalariga qarshi kurashish choralari.
  • Piyozli sabzavotlar ahamiyati, biologiyasi, navlari va yetishtirish texnologiyasi: Piyoz, uning turlari tarqalishi, ahamiyati va biologik xususiyatlari, Piyozni almashlab ekishdagi o'rni, Ekish normasi, sxemasi, chuqurligi va muddatlari, Sarimsoq yetishtirish texnologiyasining o'ziga xos xususiyatlari.
  • Bodring, sabzavot qovoqchalar va poliz ekinlarini yetishtirish texnologiyalari: Bodring va sabzavot qovoqchalari biologiyasi, navlari, ekish muddatlari, sxemasi, Bodringni jadal texnologiya asosida yetishtirishning va hosilini yig'ishtirishning o'ziga xos xususiyatlari, Polizchilikni maqsadi va vazifasi poliz ekinlarini ahamiyati, mevalarning kimyoviy tarkibi, O'zbekistonda poliz ekinlari rayonlashtirilgan navlari tasnifi. istiqbollari, yetishtiriladigan navlar tasnifi.