Neftni termkimyoviy suvsizlantirishda qo'llaniladigan jihozlar va tindirgichlar hisobi

Ushbu bitiruv malakaviy ish neftni termokimyoviy suvsizlantirishda qoʻllaniladigan jihozlar va tindirgichlar hisobi masalalarini oʻrganadi. Unda neft sanoatida qoʻllaniladigan asosiy texnologik jarayonlar, jumladan, neftni kon sharoitida tayyorlash, neft emulsiyalarining hosil boʻlishi va ularning oldini olish usullari, termokimyoviy usullar, demulgatorlarning ta'siri va jihozlar hisobi batafsil yoritilgan. Shuningdek, ishda mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi masalalari ham ko'rib chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Hozirgi paytda neft va gaz energiyaning asosiy manbai bo'lib qolganligi uning iqtisodiy va siyosiy mavqeini oshirdi. Qarshi namunasi keltirilgan. Neft va gaz fakulteti ishining ko'rib chiqilgan sohasi.
  • I bob. Neftni kon sharoitida tayyorlash jarayonlari: Neft va neftgazli konlar quduqlaridan qazib olinayotgan xom-ashyo nefti tarkibida yengil fraksiyalar, minerallashgan qatlam suvlari, korrozion faol qoʻshimchalar va tog' jinslari zarrachalaridan iborat mexanik aralashmalar mavjud. Xom-ashyo mahsuloti tarkibida vodorod sulfid, oltingugurtli boshqa birikmalar va uglerod oksidlarining boʻlishi neftni tashish va qayta ishlash jarayonlarida qoʻllaniladigan jihozlarning ish qobiliyatiga keskin ta'sir qiladi. Qatlam suvlari va uning tarkibidagi tuzlar hamda boshqa korrozion faol qoʻshimchalar kuchli korrozion tajavvuzkor xususiyatlarga ega boʻlganligi uchun mahsulotlarni konlararo tashish jarayonida qo'llaniladigan texnologik jihozlar korroziyaga uchraydi. Neftni tarkibidan mineral suvlarni va mexanik aralashmalarni ajratib olinmasdan qayta ishlash zavodlariga tashib keltirishga ruxsat etilmaydi. Bunday jarayon neftni kon sharoitida tayyorlash deb nomlanadi va neft tayyorlash qurilmalari (NTQ) da amalga oshiriladi. Kon sharoitida tayyorlangan neft xom-ashyosi tovar neft deyiladi va uni tayyorlashda sifat koʻrsatkichlari TSh 39.0-176 va GOST 9965 talablariga toʻliq javob berishi kerak.
  • 1.1. Konlarda neft va gazni yigʻish, tashish va tayyorlash zarurati: Neft va neftgazli konlar quduqlaridan qazib olinayotgan xom-ashyo nefti tarkibida yengil fraksiyalar, minerallashgan qatlam suvlari, korrozion faol qoʻshimchalar va tog' jinslari zarrachalaridan iborat mexanik aralashmalar mavjud. Xom-ashyo mahsuloti tarkibida vodorod sulfid, oltingugurtli boshqa birikmalar va uglerod oksidlarining boʻlishi neftni tashish va qayta ishlash jarayonlarida qoʻllaniladigan jihozlarning ish qobiliyatiga keskin ta'sir qiladi. Qatlam suvlari va uning tarkibidagi tuzlar hamda boshqa korrozion faol qoʻshimchalar kuchli korrozion tajavvuzkor xususiyatlarga ega boʻlganligi uchun mahsulotlarni konlararo tashish jarayonida qo'llaniladigan texnologik jihozlar korroziyaga uchraydi. Neftni tarkibidan mineral suvlarni va mexanik aralashmalarni ajratib olinmasdan qayta ishlash zavodlariga tashib keltirishga ruxsat etilmaydi. Bunday jarayon neftni kon sharoitida tayyorlash deb nomlanadi va neft tayyorlash qurilmalari (NTQ) da amalga oshiriladi. Kon sharoitida tayyorlangan neft xom-ashyosi tovar neft deyiladi va uni tayyorlashda sifat koʻrsatkichlari TSh 39.0-176 va GOST 9965 talablariga toʻliq javob berishi kerak.
  • 1.2. Neftni turg'unlashtirish, suvsizlantirish va tuzsizlantirish jarayonlari: Quudqlardan qazib olinayotgan neft xom-ashyosi tarkibida turli xildagi erigan azot, kislorod; vodorod sulfid, uglevodlar va uglerod oksidi mavjud boʻladi. Neftni qazib olish jarayonida qatlam bosimi, suvlanganlik, harorat, quduqlar debiti va boshqa shu kabi koʻrsatkichlarning oʻzgarishi qazib olinayotgan neft miqdori va sifatiga keskin ta'sir koʻrsatadi. Neftni quduqlardan qazib olish, tayyorlash jarayonida qatlam xom ashyosining tarkibiy oʻzgarishlariga bogʻliq ravishda turli xildagi kimyoviy reagentlardan foydalaniladi. Bu kimyoviy reagentlar asosan chet ellardan valyutaga sotib olinadi. Oxirgi yillarda respublikamiz olimlari tomonidan turli xildagi mahalliy xom-ashyolardan tayyorlangan kimyoviy reagentlar va ularning turli xildagi kompozitsiyalari ishlab chiqilmoqda, ularning kon sharoitlarida maqsadga muvofiq ravishda qo'llanilish imkoniyatlari tadqiqot qilinmoqda. Respublika­miz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov jahon moliyaviy-iqtisodiy krizisini tahlil qilib, uning Oʻzbekiston sharoitida oldini olish chora tadbirlari dasturlarini keltirar ekan, mahalliy xom-ashyolardan ishlab chiqariladigan ichki mahsulotlarning hajmini koʻpaytirish va ularning eksportini yoʻlga qoʻyish kabi omillarga ham to'xtalgan. Shu maqsadda mazkur bitiruv malakaviy ishimda neft qazib olish va tayyorlashda qo'llaniladigan kimyoviy reagentlar tahlili asoslarida mahalliy xom-ashyolardan tayyorlangan kimyoviy reagentlarni qoʻllashga va ularning ta'sir samaradorliklarini oshirishga, xususan neft emulsiyasini parchalash uchun deemulgatorlar, tuz cho'ktirmas ingibitorlar va korroziya ingibitorlarining samaradorligini oshirish maqsadida ularning ta'sir mexanizmlarini oshirish masalalari keltirildi. Mamlakatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida faqat uglevodorod xom-ashyosi, qimmatbaho va rangli metallar, uran xomashyosini qazib oladigan va qayta ishlaydigan korxonalarni, shuningdek, tabiiy monopoliyalarning strategik infratuzilma tarmoqlarini temir va avtomobil yoʻllari, aviatashuvlar, elektr energiya ishlab chiqarish, elektr va kommunal tarmoqlarni to'g'ridan-to'g'ri davlat boshqaruvida saqlab qolish maqsadga muvofiq deb topilishi bilan bir qatorda barcha sohalarda biz uchun asosiy vazifa – ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan uzluksiz yangilab borish, doimiy ravishda ichki imkoniyat va zaxiralarni izlab topish, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish, sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni izchil davom ettirishdan iborat boʻlishi zarurligi Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev tomonidan doimiy ravishda keltirib o'tilmoqda va bu borada amalga oshirilishi lozim boʻlgan oila mavjud. Neft quduqlaridan yer ustiga qatlam suvlari bilan birgalikda toʻplanadi. Ma'lumki neft suvda erimaydi. Lekin neft va suv aralashmalarining quduq tubidan to MYP gacha quvurlar orqali harakatlanishi jarayonida oʻzaro aralashib barqaror emulsiya hosil qiladi. Bu emulsiyalar “suvda neft” yoki “neftda suv” emulsiyalari koʻrinishida hosil boʻladi. Koʻp hollarda emulsiyali suv mayda zarrachalar koʻrinishida neft bilan qoplangan holda boʻladi. Bu emulsiya barqaror boʻlganligi uchun suvni neftdan tindirish yoʻli bilan ajratib boʻlmaydi. Suvni neftdan ajratib olish jarayoniga suvsizlantirish deyiladi. Suvsizlantirilganda neft tarkibidan aniq miqdorda qatlam suvlari va unda erigan tuzlar chiqadi. Maqsadga erishish uchun sharoitda termokimyoviy usullarda neftni tayyorlash sifatini oshirish va zaruriy texnik talablar darajasida mahsulot tayyorlash, texnologik jihozlar, qurilmalar va asbob uskunalar ish jarayoni taxlil qilinib, kon sharoitida xom-ashyo maxsuloti ishlab chiqarish sifati va miqdorini oshirish, qoʻllanilayotgan jihozlarning uzluksiz ishlashini ta'minlash kabi samaradorlikni oshirish masalalariga e'tibor qaratildi. Neft konlaridagi qazib olinayotgan mahsulotlarni tayyorlashda termokimyoviy usullarning qoʻllanilishini va texnologik jihozlar hisobini ko'rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Neft konlaridan qazib olinayotgan neft xom-ashyosini tayyorlash vaqti va bosqichlarida neftning qatlam suvlari bilan birgalikda harakatlanishi natijasida hosil boʻlgan emulsiyalar, ularning sifat koʻrsatkichlari, qatlam suvlari tarkibi, suvning neftdan ajratilishi, shuningdek, neftni suvsizlantirish jarayonida ishlatiladigan demulgatorlar va ularning samaradorligi, shuningdek, jihozlar va tindirgichlar hisobi keltirilgan.
  • 1.3. Neft emulsiyalarining tasnifi va fizik-kimyoviy xossalari: Neft emulsiyalari deganda oʻzaro erimaydigan neft va qatlam suvining mayin dispers holatdagi mexanik aralashmasi tushuniladi. Kondan foydalanishda neft va qatlam suvi nisbati oʻzgarib turganligi uchun neft emulsiyalari xossalari ham oʻzgarib turadi. Emulsiya qatlamda, quduq tubida hosil boʻlmaydi, balki quduqdan chiqishda hosil boʻladi. Chuqurlik nasoslari yordamida neftni qazib olishda plunjer yoʻli uzunligi va vaqt birligidagi yoʻllar soni, klapanlar oʻlchamlari ta'sir qiladi. Fontanli va kompressorli quduqlarda bosim pasayishi va neftdan gaz ajralishi natijasida suv va neftni kuchli aralashuvi kuzatiladi. Ayniqsa kompressorli qazib olishda ishchi agent sifatida havo ishlatilganda barqaror emulsiya hosil boʻladi. Buning sababi neftdagi naften kislotalar havo kislorodi bilan oksidlanib kuchli emulgatorlarga aylanadi. Emulsiyadagi suv tomchilari oʻlchami energiya sarfiga teskari proporsional boʻlib, energiya sarfi qancha yuqori boʻlsa, tomchi diametri shunchalik kichik boʻladi. Neft emulsiyalarida ichki va tashqi faza farqlanadi. Kichik tomchilar shaklida tarqalgan suyuqlik dispersion muhit, yaxlit faza dispers muhit deyiladi. Neft emulsiyalarining asosiy koʻrsatkichlaridan biri uning turg'unligi, yani ma'lum vaqt davomida buzilmasligi va neft hamda suvga ajralmasligi boʻlib hisoblanadi. Tomchi oʻlchamlari qanchalik kichik bo'lsa, emulsiya shunchalik turg'un boʻladi. Emulsiya turg'unligiga deemulgatorlar deb ataluvchi barqarorlovchi moddalar (tabiiy sirt faol moddalar - SFM) katta tasir ko'rsatadi. Ular tomchi sirtida himoya qatlami hosil qilib tomchilarning qoʻshilishiga qoʻymaydi. Tabiiy SFMlarga asfalten, parafin, mum, metallar komplekslari, mayin dispers noorganik moddalar (qum, tog' jinslari, loy) misol boʻladi. Temperatura qancha past boʻlsa, emulsiya shunchalik turg'un boʻladi. Emulsiya isitilsa, himoya qatlamining mustahkamligi pasayadi va tomchilar qoʻshiladi. Neft tarkibidagi deemulgatorlarning chegara qatlami adsorbsiyalanishi vaqtga bog'liq bo'lib, emulsiya borgan sari turg'unlashib boraveradi, yani uning "keksayishi" yuz beradi keksayish jarayoni dastlab tez boradi keyin toʻxtaydi. Toza emulsiyaning buzilishi oson, "keksaygan” emulsiya qiyin buziladi. Emulsiya turg'unligiga quyidagi omillar tasir koʻrsatadi: - sistema dispersligi; - emulgatorlarning fizik-kimyoviy xossalari; - dispers faza tomchilarida ikkilamchi elektr zaryadlarning mavjudligi; - aralashadigan suyuqliklar temperaturalari.
  • II bob. Neftni kon sharoitida tayyorlashda termokimyoviy usullarning qoʻllanilishi: Neft xom-ashyosini quduqlardan qazib olish, tayyorlash tashish va saqlash jarayonlari o'z ichiga koʻpgina texnologik operatsiyalarni oladi. Bu texnologik operatsiyalarning amalga oshirilishi qazib olinayotgan mahsulotning xususiyatlari, tarkibi kon ishlab chiqarish tavsifnomalari va shu kabi bir qancha omillarga bogʻliq. Neft quduqlaridan qazib olinayotgan xom-ashyo maxsuloti dastlab kon sharoitida tayyorlanadi, ya'ni neft xom-ashyosi tarkibidagi suvlarni, tuzlarni va mexanik qoʻshimchalarni ajratib olinadi. Ma'lumki neft suvda erimaydi, lekin u suv bilan oʻzaro emulchiyalar hosil qiladi. Shuning uchun neftni kon sharoitida tayyorlash, ya'ni tovar neft olish jarayonini amalga oshirish uchun emulsiyalarning hosil boʻlishi mexanizmlarini va ularning xossalarini bilish texnologik jarayonni toʻgʻri tashkil etish imkonini beradi. Maxsuldor qatlamda suv va neft oʻzaro aralashmagan alohid-alohida suyuq fazalarni tashkil etib, qatlam sharoitlarida neft-suv emulsiyalari hosil boʻlmaydi. Emulsiya hosil boʻlishi jarayonlari neftning qatlam suvlari bilan birgalikda nasos-kompressor quvuri ichida quduq ustki qismiga xarakat qilishida boshlanib kon yer usti jixozlari va quvurlarda xarakatning davomiyligi natijasida emulsiyalar hosil boʻlishi davom etadi. Neft konlari quduqlarida emulsiya hosil boʻlishi neftni qazib olish usuliga, konning tavsifiga va undan foydalanish davri, hamda neftning fizik-kimyoviyxossalariga bogʻliq. Neft uyumlaridan foydalanishning boshlang'ich davrlarida favvora usulida quduqdan suyuqlik koʻplab miqdorda chiqadi. Quduqning ko'tarish quvurlarida neftning qatalam suvi bilan aralashuvi uning tarkibidagi erigan gazlarning ajralib chiqishi natijasida jadallashadi. Bu vaqt oralig'ida neft va suv emulsiyasi xarakatning boshang'ich paytidan hosil boʻla boshlaydi. Neft va suvning aralashgan holdagi xarakati davomida asosan ikkita faza – tashqi va ichki fazalar boʻladi. Hosil bo'layotgan emulsiya turi asosan har ikkala fazaning hajmiy nisbatlariga bog'liq boʻlib, "suvda-neft” va “neftda -suv
  • 2.1. Neft emulsiyasining hosil boʻlishi va uning deemulgatorlar bilan oʻzaro ta'siri mexanizmlari: Neft xom-ashyosini quduqlardan qazib olish, tayyorlash tashish va saqlash jarayonlari o'z ichiga koʻpgina texnologik operatsiyalarni oladi. Bu texnologik operatsiyalarning amalga oshirilishi qazib olinayotgan mahsulotning xususiyatlari, tarkibi kon ishlab chiqarish tavsifnomalari va shu kabi bir qancha omillarga bogʻliq. Neft quduqlaridan qazib olinayotgan xom-ashyo maxsuloti dastlab kon sharoitida tayyorlanadi, ya'ni neft xom-ashyosi tarkibidagi suvlarni, tuzlarni va mexanik qoʻshimchalarni ajratib olinadi. Ma'lumki neft suvda erimaydi, lekin u suv bilan oʻzaro emulchiyalar hosil qiladi. Shuning uchun neftni kon sharoitida tayyorlash, ya'ni tovar neft olish jarayonini amalga oshirish uchun emulsiyalarning hosil boʻlishi mexanizmlarini va ularning xossalarini bilish texnologik jarayonni toʻgʻri tashkil etish imkonini beradi. Maxsuldor qatlamda suv va neft oʻzaro aralashmagan alohid-alohida suyuq fazalarni tashkil etib, qatlam sharoitlarida neft-suv emulsiyalari hosil boʻlmaydi. Emulsiya hosil boʻlishi jarayonlari neftning qatlam suvlari bilan birgalikda nasos-kompressor quvuri ichida quduq ustki qismiga xarakat qilishida boshlanib kon yer usti jixozlari va quvurlarda xarakatning davomiyligi natijasida emulsiyalar hosil boʻlishi davom etadi. Neft konlari quduqlarida emulsiya hosil boʻlishi neftni qazib olish usuliga, konning tavsifiga va undan foydalanish davri, hamda neftning fizik-kimyoviyxossalariga bogʻliq. Neft uyumlaridan foydalanishning boshlang'ich davrlarida favvora usulida quduqdan suyuqlik koʻplab miqdorda chiqadi. Quduqning ko'tarish quvurlarida neftning qatalam suvi bilan aralashuvi uning tarkibidagi erigan gazlarning ajralib chiqishi natijasida jadallashadi. Bu vaqt oralig'ida neft va suv emulsiyasi xarakatning boshang'ich paytidan hosil boʻla boshlaydi. Neft va suvning aralashgan holdagi xarakati davomida asosan ikkita faza – tashqi va ichki fazalar boʻladi. Hosil boʻlayotgan emulsiya turi asosan har ikkala fazaning hajmiy nisbatlariga bog'liq boʻlib, "suvda-neft” va “neftda -suv
  • 2.2. Xom-ashyo neftdan qatlam suylarini ajratib olish jarayonlari: Neft va qatlam suvlarining birgalikda aralashib harakatlanishidan hosil boʻlgan neft emulsiyalarini ajratish jarayoni ketma-ket amalga oshiriladigan quyidagi operatsiyalarni oʻz ichiga oladi: -emulsiya tomchilarining oʻzaro yaqinlashuvi va tomchilarning issiqlik hamda tezliklari oʻzgarish natijasida holatlar tasodifiy oʻzgartirishlari (tomchilarning flokulyatsiyasi) bilan bogʻliq. Emulsiya qoplamalarining toʻsiq hosil qilish qobiliyati susayishi va yemirilishlarining boshlanishi; -emulsiya tarkibidagi suv tomchilarining oʻzaro birikishi va gravitatsion kuchlar ta’sirida choʻkishi uchun yetarli darajadagi oʻlchamlär yigʻilamichi ayirichi uchun; -yiriklashgan qatlam suvlari tomchilarining deemulsatsiya qilishida qulflarining tubiga choʻkishi; -deemulsatsiya qurilmasi tubida qatlam suvli fazalarining yigʻilishi va bir xil zichlikda suv qatlami hosil qilishi. -hosil boʻlgan qatlam suvlari sathini qurilma bilan bir xil ushlab turish uchun idish tubidan qatlam suylarining doimiy ravishda olinib turilishi. Emulsiyalarning parchalanishi natijasida qatlam suylarining choʻkishi tezligi uning tarkibidagi tuzlar miqdoriga ham bogʻliq boʻlib, suv tarkibidagi tuzlar miqdori ortishi bilan choʻkish tezligi ham ortadi lekin bu holatda emulsiyalarni parchalanish jarayoni sekinlashadi. Emulsiyadagi tomchilar bir biriga yaqinlashishi natijasida himoya qolami ajralib chiqib sekin asta bir biriga quyilaydi va quyilish tezligli tomchilarning oʻzaro ta’sir kuchlariga bogʻliq boʻladi. Neftni suvsizlantirish uchun bir necha turdagi texnologik usullar qoʻllaniladi. Uslulning qoʻllanilishi neftni suvsizlantirish va jarayonni amalga oshirish uchun qoʻllanilayotgan qurilmalarning ish sharoitiga qarab samaradorligini toʻgʻirlashga hamda neft suv tizimidagi qatlam suvlarining miqdoriga va holatiga bogʻliq. Xom neft tarkibidan ajralib chiqqayotgan qatlam suvlari bir necha vaqt oraligʻlarida disperganmagan erkin holatda boʻlib, bunday suv tarkibida mineral tuzlar ham saqlab aralashmadan faqat zichliklar farqi hisobiga ajratilib olinadi. Neftni suvsizlantirish mexanik usullariga uni tindirish, sentrofuglash va filtrlash jarayonlari kiradi. Tindirish jarayoni noturgʻun emulsiya ichlovchi usullardan qoʻllaniladi. Bunda aralashmadagi noturgʻun zarrachalar komponentlarning zichliklari farqlari hisobiga ajralib chiqadi. Tindirish qurilmalarini loyihalash bilan bogʻliq boʻlgan hisoblash ishlarida neftdan suv zarrachalarining ajralib chiqishida uning choʻkish tezligi Reynolds soniga bogʻliq ravishda tanlanadi.
  • 2.3. Neft tayyorlash uskunalarining koʻrib chiqish jarayonlari: Neft konida tayyorlash jarayonida termokimyoviy usullarning qoʻllanilishi «Shurtanneftgaz» MCHJ ga tegishli Shimoliy Shurtan koni misolida koʻrib chiqamiz. 2016 yilda xona Qarshiga 14 ta; G'arbi Toshli, Sharqiy Toshli, Shimoliy Sho'rtan, G'armiston, Yakkasaroy, Feruza, Mezgi, Mangit, Ruboiy) neft qazib chiqarishda va 5 ta kondan (Shimoliy Sho'rtan, Yangi Qoratepa, To'rtsari, Ilim, Sherkent) neft, gaz va gazkondensati qazib chiqarishda foydalaniladi. Korxona bo'yicha 2016 yilda 282,900 ming t neft qazib chiqarish rejalashtirilgan boʻlib, amalda 298,502 ming t qazib chiqarildi. Ushbu koʻrsatkichga nisbatan 105,5 % ni tashkil kildi. Quyi qisqa muddatli reja va oʻrta muddatli rejalar boʻyicha toʻplangan maʼlumotlar asosida «Shurtanneftgaz» MCHJ ning 2017 yilgi asosiy koʻrsatkichlari tuziladi. Shurtan koni Qashqadaryo viloyatinining G'uzor tumanida joylashgan bo'lib, G'uzor tamani markazidan 20 km, Qarshi shahri markazidan 35 km uzoqlikda, SHO'rtan konining janubiy-g'arb tomonida 7 km uzoqlikda joylashgan. Konda geologik qidiruv ishlari 1979 yilda boshlanib 1987 yilda tugatilgan. Kon ishga tushganidan buyon 523,368 ming t neft qazib olingan, bu zaxiraga nisbatan 87,08 %, kolgan zaxira 77,632 ming tn bulib, bu zaxiraga nisbatan 12,92 % ni tashkil kiladi. 01.01.2013 yil xolati boʻyicha kondan 136,498 ming t neft qazib olingan. Yuqoridagi ma'lumotlarni taxlil qilinganida yangi burg'ilayotgan neft qazish qismining asosiy yoʻnalishlari va ularga qoʻyiladigan talablar keltirilgan. Kon sharoitida neft emulsiyalarini hosil boʻlishini oldini olish va hosil boʻlgan emulsiyalarni parchalash uchun iqtisodiy jihatdan qulay usul termokimyoviy usul hisoblanadi. Buning uchun qazib olinayotgan maxsulotni zaruriy haroratgacha qizdirish va bunda neft tarkibidagi yengil fraksiyalarning gaz holatga oʻtmasligini ta'minlash zarur boʻladi. Quyida kon sharoitida neft emulsiyalarini parchalash uchun maxsulotning zaruriy haroratini ta'minlash issiqlik almashinuv qurilmalarida amalga oshirish va uning samaradorligi koʻrsatkichlarini keltirib oʻtamiz. Kon maxsuloti neftni tayyorlash qurilmalarida amalga oshiriladi (2.1-rasm). Kon quduqlaridan kelayotgan neft xom-ashyo maxsuloti oʻlchash qurilmalari orqali oʻtib yigʻuv punktlariga yigʻiladi va dastlabki tayyorlash uchun uning tarikbiga oʻrnatilgan miqdorda deemulgatorlar qoʻilib maxsulot isitish pechiga xaydaladi. Neft xom-ashyosi tarikbida hosil boʻlgan emulsiyalar deemulgator va issiqlik ta'sirida parchalanib, texnologik rezervuarlarda tinadi va keyinchalik tovar rezervnarlarga oʻtadi. Texnologik rezervuarlar va tovar rezervuarlarda (2.2-rasm) neft xom-ashyosi tarkibidan ajralib chiqqan qatlam suvlari maxsus rnatilgan chiqish quvuri orqali kondagi haydash quduqlariga yo'naltirii. Tovar neft oʻrnatilgan talablar asosida tayyorlangandan soʻng nasoslar yordamida "Shurtanneftgaz” USHK neft maxsulotlari tovar parkiga yo'naltiriladi. Texnologik jarayonni toʻliq amalga oshirish uchun neft tayyorlash quriolmasidagi texnologik rezervuarga parallel ravishda 2 ta issiqlik almashinuvchi qurilma oʻrnatilgan boʻlib (2.3, 2.4-rasmlar), unda deemulgator qo'shilgan neft xom-ashyosi 60-70°S ga qizdiriladi va neft emulsiyasining optimal parchalanish harorati hosil qilinadi.
  • II.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi: Neftni kon sharoitida tayyorlashda xavfsizlik texnologik jihatdan muhim ahamiyatga ega. Chunki neftni qayta ishlash jarayonida turli xil zararli kimyoviy moddalar, yuqori harorat va bosim bilan ishlash nazarda tutiladi. Ish joyida sogʻlom va xavfsiz muhitni yaratish, texnologik jarayonlarni toʻgʻri tashkil etish, xodimlarning sogʻligʻini va mehnatini muhofazalash tizimli ravishda amalga oshirilishi kerak. Texnologik jarayonlarni va uskunalarini nazorat qilish, ularni toʻgʻri ishlatish va texnik xizmat koʻrsatish qoidalariga rioya qilish ish joyidagi baxtsiz hodisalarning oldini olishda muhim rol oʻynaydi. Xavfsizlik qoidalariga rioya qilish har bir xodimning asosiy vazifasi hisoblanadi. Qisqa muddatli rejalashtirish va uning davomiyligini ta'minlash uchun ish joylarida foydalanishga moʻljallangan texnologik xarita tuzilgan boʻlishi kerak. Rezervuarlarga xizmat koʻrsatish bir necha operatsiyalardan iborat: mahsulotlarni qabul qilish va haydash; sathni oʻlchash va namunalar olish; rezervuarlar (idishlar) dan suv va loyni chiqarib tashlash; rezervuarlar (idishlar) ni tozalash va ta'mirlash; Har bir amaldagi rezervuar (idish) loyihada va amaldagi meyoriy hujjatlarda koʻzda tutilgan uskunalarning toʻliq komplekti bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Neft rezervuarlari, mahsulotni minimal yoʻqotishni ta'minlovchi, armatura bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Rezervuarlar muzlamaydigan likopchali «nafas oluvchi» klapanlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Rezervuarlarning to'ldirish va boʻshatish tezligi «nafas oluvchi» klapanlarning oʻtkaza olish meyorlaridan ortib ketmasligi kerak. Rezervuarga, bug' bosimi ushbu rezervuar uchun hisoblanganidan ortiqroq boʻlgan, mahsulotni haydash taqiqlanadi. Rezervuarning qabul qilish quvuroʻtkazgichining joylashishi, mahsulotni suyuqlik qatlami ostiga berishni ta'minlashi kerak. Rezervuarga neft mahsulotini "erkin tushuvchi oqim» tarzida quyishga ruxsat etilmaydi. Xizmat ko'rsatish qulay boʻlishi uchun oʻlchov lyuki, o'lchov maydonchasidan 0,5 m dan ortiq boʻlmagan masofada joylashgan boʻlishi kerak. Har bir rezervuar uchun texnologik karta tuzilgan boʻlishi kerak. Rezervuarlar (idishlar)da neft saqlashda, oqib chiqish natijasidagi yo'qotishlarni oldini olish uchun: toʻliq texnik sozlik va germetiklikni ta'minlash; barcha butlovchi uskunalarni soz holatda saqlash; klapanlar, salniklar, flanetsli va muftali birikmalarning germetikligini muntazam nazorat qilish va mahsulotning aniqlangan oqib chiqishlarini darhol bartaraf etish; drenaj tarmogʻi holatini muntazam tekshirish; tovarosti suvini chiqarib tashlashda, neftning oqib chiqishiga yoʻl qoʻymaslik kerak.
  • 3.1 Texnologik jarayonni xavfsiz olib borish sharoitlari: Neftni kon sharoitida tayyorlashda xavfsizlik texnologik jihatdan muhim ahamiyatga ega. Chunki neftni qayta ishlash jarayonida turli xil zararli kimyoviy moddalar, yuqori harorat va bosim bilan ishlash nazarda tutiladi. Ish joyida sogʻlom va xavfsiz muhitni yaratish, texnologik jarayonlarni toʻgʻri tashkil etish, xodimlarning sogʻligʻini va mehnatini muhofazalash tizimli ravishda amalga oshirilishi kerak. Texnologik jarayonlarni va uskunalarini nazorat qilish, ularni toʻgʻri ishlatish va texnik xizmat koʻrsatish qoidalariga rioya qilish ish joyidagi baxtsiz hodisalarning oldini olishda muhim rol oʻynaydi. Xavfsizlik qoidalariga rioya qilish har bir xodimning asosiy vazifasi hisoblanadi. Qisqa muddatli rejalashtirish va uning davomiyligini ta'minlash uchun ish joylarida foydalanishga moʻljallangan texnologik xarita tuzilgan boʻlishi kerak. Rezervuarlarga xizmat koʻrsatish bir necha operatsiyalardan iborat: mahsulotlarni qabul qilish va haydash; sathni oʻlchash va namunalar olish; rezervuarlar (idishlar) dan suv va loyni chiqarib tashlash; rezervuarlar (idishlar) ni tozalash va ta'mirlash; Har bir amaldagi rezervuar (idish) loyihada va amaldagi meyoriy hujjatlarda koʻzda tutilgan uskunalarning toʻliq komplekti bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Neft rezervuarlari, mahsulotni minimal yoʻqotishni ta'minlovchi, armatura bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Rezervuarlar muzlamaydigan likopchali «nafas oluvchi» klapanlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Rezervuarlarning to'ldirish va boʻshatish tezligi «nafas oluvchi» klapanlarning oʻtkaza olish meyorlaridan ortib ketmasligi kerak. Rezervuarga, bug' bosimi ushbu rezervuar uchun hisoblanganidan ortiqroq boʻlgan, mahsulotni haydash taqiqlanadi. Rezervuarning qabul qilish quvuroʻtkazgichining joylashishi, mahsulotni suyuqlik qatlami ostiga berishni ta'minlashi kerak. Rezervuarga neft mahsulotini "erkin tushuvchi oqim» tarzida quyishga ruxsat etilmaydi. Xizmat koʻrsatish qulay boʻlishi uchun oʻlchov lyuki, o'lchov maydonchasidan 0,5 m dan ortiq boʻlmagan masofada joylashgan boʻlishi kerak. Har bir rezervuar uchun texnologik karta tuzilgan boʻlishi kerak. Rezervuarlar (idishlar)da neft saqlashda, oqib chiqish natijasidagi yo'qotishlarni oldini olish uchun: toʻliq texnik sozlik va germetiklikni ta'minlash; barcha butlovchi uskunalarni soz holatda saqlash; klapanlar, salniklar, flanetsli va muftali birikmalarning germetikligini muntazam nazorat qilish va mahsulotning aniqlangan oqib chiqishlarini darhol bartaraf etish; drenaj tarmogʻi holatini muntazam tekshirish; tovarosti suvini chiqarib tashlashda, neftning oqib chiqishiga yoʻl qoʻymaslik kerak.
  • 3.2 Texnologik uskunalarini ta'mirlashga tayyorlash va ta'mirlash ishlariga talablar: Ta'mirlanish lozim boʻlgan barcha texnologik quvuroʻtkazgichlar va idishlar, unga tayyorlangan boʻlishi kerak: - mahsulotni barcha kirish va chiqish quvuroʻtkazgichlaridagi barcha berkitish armaturalari yopish, tizimni suyuq mahsulotdan toʻla boʻshatish, barcha quvuroʻtkazgich va apparatlardagi qismiga ega boʻlishi kerak. Tingina uning tartib raqami tamgʻasi urilgan boʻlishi kerak. Tinginlarni oʻrnatish "Tiqinlarni oʻrnatish va yechib olish" jurnalida qayd etilishi kerak. Tayyorgarlik ishlari tugatilgandan keyin muhitdagi uglevodorodlar va boshqa zaharli va portlashdan xavfli moddalar tahlili amalga oshiriladi. Bu moddalarni miqdorlarining ijobiy taxlili (REK chegarasida) olingandan keyingina ta'mirlash ishlariga kirishga ruxsat etiladi. Apparatlarning ichida ta'mirlash ishlari olib borish uchun sun'iy yoritish talab qilinadi. Apparatlar va idishlar ichida ta'mirlash faqat naryad-xusnomada bilan amalga oshiriladi. Ishchining shlangi gazniqobda boʻlishi muddati, idishda taʼmir ishlari olib borishga javobgar shaxs tomonidan aniqlanadi, naryad-xusnomaga yoziladi, ammo 30 daqiqadan ortiq boʻlmasligi kerak, keyingi 15 daqiqadan kam boʻlmagan dam olish bilan. Idishda taʼmirlash ishlari olib borishga javobgar shaxs, barcha ishlarining xavfsizlik choralari rioya qilinishini nazorat qilishi, ish rejimi va dam olishlarni belgilashi shart. Mazasi boʻlmay qolgan ishchilarni ishga yuborish taqiqlanadi.
  • 3.3. Statik elektrlanish himoyalash: Qurilmaning ish jarayonida, texnologik jarayonning oʻziga xos xususiyatlari bilan bogʻliq boʻlgan, elektr statik zaryadlarning paydo boʻlishi kuzatiladi. Bunda xom-ashyo, mahsulot, reagentlar ishqalanishi natijasida elektrlanadi va zaryadni qurilmaning ayrim elementlariga uzatadi. Yuqori potensiallar paydo boʻladigan uchqunli va yoyli razryadlar, ishlab chiqarish xonalarning ba’zi kategoriyalari va sharoitlarida, yon'in va portlashlar kelib chiqishiga sabab boʻlishi kerak. Texnologik apparatlar va quvuroʻtkazgichlar, statik elektrlanishning, shuningdek ikkilamchi ta'sirlarning namoyon boʻlishidan himoyalash uchun, yerga ulangan boʻlishi kerak. Barcha qurilmalarni yerga ulovchi, moslamalarni qoʻllash ruxsat etiladi. Statik elektrlanish himoyalovchi, yerga ulash moslamasining qarshiligi 100 Ω gacha ruxsat etiladi
  • Xulosa: Neftni kon sharoitida tayyorlashda ishlatiladigan kimyoviy reagentlarning qoʻllanilishi va ularning samaradorligini oshirishda neft suyuksizlantirish va korroziya ingibitorlarini qoʻllash mexanizmi va ularning samaradorligini oshirishda neft kimyoviy reagentlar sarfi va ularning oʻziga xos xususiyatlari koʻrib chiqildi. Bunday reagentlarning tanlanishi va ulardan foydalanish texnik-iqtisodiy jihatdan samaraliroq ekanligi koʻrsatildi. Ushbu ishda neftni termokimyoviy usulda suvsizlantirishda qoʻllaniladigan jihozlar va tindirgichlar hisobi boʻyicha tavsiyalar berildi.
  • Adabiyotlar: Ushbu bitiruv malakaviy ishni tayyorlash jarayonida foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati keltirilgan.