Соҳа материалшунослиги

Ushbu kitob yuqori molekulyar birikmalar (polimerlar) va ularning xossalarini o'rganishga bag'ishlangan. Unda polimerlar olish usullari, xomashyo manbalari, tuzilishi, sinflanishi, xossalari, qo'llanilishi, sanoatda ishlatilishi, plastik massalar, elastik materiallar (rezinalar) hamda to'ldirgichlar kabi mavzular batafsil yoritilgan. Shuningdek, kitobda alohida polimer birikmalarning sintezi, xossalari va qo'llanilishi misollar bilan tushuntirilgan. Bu materialshunoslik, kimyo va texnologiya yo'nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Polimer olish uchun xom-ashyo manbalari: Yer resurslaridan uglerod, vodorod, kislorod va azot asosida polimerlarni hosil qilish manbalari.
  • Polimerlanish: Monomerlardan polimer hosil bo'lish jarayonining nazariy asoslari va amaliy qo'llanilishi.
  • Olifenlar, olinishi va xossalari: Etilen, propilen va butilen kabi olefinlarni olish usullari, xossalari va ishlatilishi.
  • Stirolni olinishi va xossalari: Stirolni olish usullari, fizik-kimyoviy xossalari, polimerlanish reaktsiyalari va sanoatda qo'llanilishi.
  • Izobutilenni hosil bo'lishi: Izobutilenni polimerlash yo`li bilan olinishi.
  • Butadien 1,3 ni olinish xossalari. Atsetilin: Butadienni olish usullari va xossalari tasvirlangan.
  • Vinilxloridni olinishi va xossalari: Vinilxloridni sanoatda olish usullari, fizik-kimyoviy xossalari va polimerlanish reaktsiyalari.
  • Tetraftoretilenni olinishi. Vinilatsetat: Tetraftoretilen va vinilatsetatning sintezi, xossalari va qo'llanilishi.
  • Akril kislotasi va uning xosilalari: Akril kislota olish usullari, xossalari va asosiy qo'llanilish sohalari. Poliakril kislota va polimetilmetakrilat.
  • Aminlar, olinishi va sanoatda ishlatilishi: Aminlarni sintez qilish usullari, xossalari, qo'llanilishi, diaminlar.
  • Aldegidlar olinishi va sanoatda ishlatilishi: Aldegidlar olish usullari tasvirlangan.
  • Izotsenat va epoksid birikmalar: Izotsenatlar va epoksid birikmalarning tuzilishi va xossalari keltirilgan.
  • Plastifikatorlar, yumshatgichlar va to`ldiruvchilar va ularning turlari: Plastifikatorlar, yumshatgichlar va to`ldiruvchilarning turlari keltirilgan
  • Lok buyoq qoplamalar texnologiyasi: Lok buyoq qoplamalarni olish va texnologiyasi tasvirlangan.