O‘quvchilar so‘z boyligining ortib borishida muloqot muhitining o‘rni
Ushbu bitiruv malakaviy ishi "Oʻquvchilar soʻz boyligining ortib borishida muloqot muhitining oʻrni" mavzusiga bag'ishlangan bo'lib, unda maktabgacha va boshlang'ich sinf o'quvchilarining nutqiy rivojlanishi, so'z boyligini oshirishda muloqot muhitining o'rni, lingvistik va sotsiopisixologik jihatlar tahlil qilingan. Ishda bolalar nutqining leksik-semantik xususiyatlari, ularning kommunikativ faoliyatida mavhum leksemalarning ifodalanishi hamda so'z boyligini oshirishda turli didaktik usullardan foydalanish bo'yicha tadqiqot olib borilgan.
Asosiy mavzular
- KIRISH. ISHNING UMUMIY TAVSIFI: Mazmuning dolzarbligi: Maktabgacha yoshdagi bolalar va oʻquvchilar nutqiy muloqotiga oid sotsiopsixolingvistik xususiyatlar tadqiqi ta'lim-tarbiya jarayoni bilan bevosita bog'liq boʻlib, istiqlol yillarida birinchi prezidentimiz I.Karimovning tashabbuslari bilan mazkur masalaga katta e'tibor qaratilgan. O'zbek bolalar nutqi leksikasiga doir masalalarga oydinlik kiritish til va nutq munosabati, tafakkur va nutq munosabati, nutqiy faoliyat nazariyasi kabi psixolingvistik hamda sotsiolingvistik muammolar talqinida muhim oʻrin tutadi. Tadqiqot obyekti: Bitiruv malakaviy ishining obyekti bolalar soʻz boyligining oshib borishida muloqot muhitining oʻrni, bolalar soʻz zahirasiga ular yashab turgan muhit, oilaning bevosita va bilvosita ta'siri masalalari tadqiq qilingan. Tadqiqot predmeti: Bolalar so'z boyligining ortib borishida muloqot muhitining oʻrnini turli tajriba metodlari, psixologik tajribalar asosida tadqiq qilish hisoblanadi. Tadqiqot maqsadi: Bitiruv malkaviy ishning bosh maqsadi monolingval va bilingval oʻzbek bolalar nutqi leksikasini sotsiolingvistik hamda psixolingvistik aspektda tadqiq etish orqali funksional-semantik jihatdan mushtarak va oʻziga xos xususiyatlarni aniqlashga qaratilgan. Tadqiqot vazifalari: - bolalar nutqi leksikasining ijtimoiy xoslanishini tadqiq etish; - bolalarning nutqiy faoliyatida lisoniy vaziyat ta'sirida yuzaga keluvchi leksik muammolarni oʻrganish; - bolalar lug'at zaxirasining takomillashuvida intellektual-psixologik o'yinlarning ahamiyatini aniqlash; - bolalar tomonidan mavhum soʻzlar semantikasining idrok etilishini talqin qilish. Tadqiqot metodlari: Mavzu yuzasidan misollar toʻplashda kuzatish, tajriba, soʻrov, suhbat, soʻzni izohlash, tavsiflash, test, bilim darajasini aniqlash metodlaridan foydalanilgan. Jamlangan dalillarni tahlil qilishda ijtimoiy sharoitni tahlil qilish, qiyoslash, semantik differensiatsiya, tasniflash, klaster, statistik metodlar qoʻllanilgan. Ishning ilmiy yangiligi: Oʻzbek millatiga mansub maktabgacha yoshdagi bolalar va oʻquvchilar nutqining leksik-semantik xususiyatlarini sotsiolingvistik hamda psixolingvistik nuqtai nazardan talqin qilish orqali quyidagi yangiliklarga erishildi: - bolalar nutqida ijtimoiy omillar ta'sirida yuzaga keluvchi leksik dialektizmlar semantik xususiyatlariga koʻra guruhlarga tasniflandi; - diglossiya va sun'iy bilingvizmning bola leksikoniga ta'siri tadqiq etildi; - bolalar nutqiga xos soʻzning nomlash funksiyasi asoslari yoritildi; - bolalar lisoniy qobiliyatining shakllanishi va rivojlanishida leksik oʻyinlarning ahamiyati bayon etildi; - bolalar va o'smirlar perseptiv lugʻatida mavhum leksemalarning ifodalanishi tahlil qilindi. Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijalari tilshunoslikning psixolingvistika va sotsiolingvistika yoʻnalishlarida yuzaga keluvchi ilmiy ishlar uchun nazariy manba boʻla oladi. Mavzuga oid daliliy materiallardan bolalar lug'at zaxirasini yangi leksik birliklar bilan boyitish orqali ularning nutqini rivojlantirish uchun amaliy tavsiyalar, sotsiolingvistika hamda psixolingvistika kurslari boʻyicha o'quv qo'llanma va darsliklar yozishda foydalanish mumkin. Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi: Malakaviy ish kirish, uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat. Ishning hajmi 66 bet.
- I BOB. BOLA SOʻZ BOYLIGINING ORTIB BORISHIDA MULOQOT MUHITINING OʻRNI: 1.1. Bolalar nutqi leksikasining ijtimoiy xoslanishi: Bola tomonidan nutqiy funksiyalarning oʻzlashtirilish jarayoni uning maktabgacha yosh davrida uch bosqichda amalga oshadi. Birinchi bosqich (tugʻilganidan boshlab 9 oylik davrigacha)da goʻdak atrofidagi kattalarning nutqini tushunmaydi va oʻzi ham soʻzlay olmaydi. Biroq bu bosqichda kelajakda shakllanadigan nutqni oʻzlashtirishga zamin hozirlanadi. Tadqiqotlarda mazkur davr noverbal bosqich deb ataladi. Ikkinchi bosqich (9 oydan 3 yoshgacha) nutqning shakllanish bosqichi sanaladi. Bu davrda bola kattalar tomonidan qoʻllanadigan oddiy, sodda shakldagi nutqiy qurilmalarni tushunishga harakat qiladi, oʻzi ham dastlabki soʻzlarni talaffuz qila boshlaydi. Uchinchi bosqich 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. Bu bosqichda bola kundalik hayotda faol qoʻllanadigan nutq birliklarini toʻliq oʻzlashtiradi va ulardan atrofidagilar bilan muloqot jarayonida keng foydalanadi. Bu bosqich nutqiy muloqotning rivojlanish bosqichi hisoblanadi.Psixologlarning ma'lumotlariga qaraganda 1 yoshdan 5 yoshgacha boʻlgan davrda bolalarga qanday oʻrgatsangiz shunday xotirasida saqlab qola oladi. Metodik adabiyotlarda berilgan ma'lumotlarga asoslanib shuni aytish mumkinki, 1 yoshga yetgan bolaning talaffuz qiladigan soʻzlari soni 10 tani tashkil etadi. Mazkur yosh davridan boshlab, uning lug'at zaxirasi miqdor jihatdan jadallik bilan ortib boradi. Bolaning soʻz oʻzlashtirishida kattalar nutqiga taqlid qilish holati muhim ahamiyat kasb etadi. Bola dastlab narsa-buyum nomlarini bildiruvchi soʻzlarni koʻp ishlatsa, keyinchalik ish-harakatni ifodalovchi leksemalarni ham qoʻllay boshlaydi. 2 yoshga to'lgan bolaning soʻz boyligi 250-300 taga yetadi. Bola 3 yoshga qadam qo'yishi bilan uning leksikonida narsa-buyum va harakatning belgisini bildiruvchi soʻzlar paydo boʻladi. Bu yosh davridagi bolada kattalar nutqini yanada chuqur tushunish imkoniyati vujudga keladi, ular tomonidan aytilgan ertak, hikoya, qoʻshiq, va kichik she'rlarni diqqat bilan tinglash orqali yangi soʻzlarni oʻzlashtirib boradi. Kattalarga: buning nomi nima? nima uchun? nega shunday? qayerda? qayerga ketdi? qayerdan keldi? nimadan yasalgan? kabi savollar bilan murojaat qiladi. Shu asosda 3 yoshga toʻlgan bolaning lug'at boyligi 1000 tadan 1200 tagacha, 6 yoshli bolaning soʻz boyligi 3-3,500 tagacha ko'payib boradi. Demak, maktabgacha yosh davrida bolaning so'z boyligi juda tez ortadi. Bola leksikonining bu tarzda boyib borishi maktabda uning til qoidalarini chuqur oʻzlashtirishiga asos boʻladi. Inson butun hayoti davomida til boyliklarini oʻzlashtirish orqali nutqini takomillashtirib boradi. Ontogenez davri ona tilining lug'at tizimiga xos imkoniyatlarni oʻzlashtirishdagi asosiy bosqich sifatida e'tirof etilsa-da, lisoniy birliklar har doim ham bolaning nutqida til me'yorlariga muvofiq holda ifodalanmaydi. Ayniqsa, bolaning 9 oydan 3 yoshgacha boʻlgan davrida ba'zi tushunchalarni ifodalovchi nominativ birliklar muloqot muhiti (ijtimoiy sharoitga koʻra tilning mavjudlik shakllari va uslublaridan foydalanish)ga bog'liq ravishda uning nutqida oʻziga xos tarzda aks etadi. Bolalar verbal muloqotining shakllanishini bevosita kuzatish jarayonida ularning nutqida aks etgan bir qator leksik vositalar yuqoridagi fikrni tasdiqlaydi. Masalan, umma yoki buvva soʻzi aksariyat bolalarning nutqida “suv” ma'nosini anglatadi. Bolalar nutqida bunday leksik birliklar ijtimoiy omillar ta'sirida paydo boʻladi. Ya'ni bunda nafaqat bolaning ruhiy holati bilan bog'liq ichki omillar, balki tashqi ta'sir birliklari (vaziyat, holat, ijtimoiy muhit) ham muhim ahamiyatga egadir. Chunki yuqoridagi kabi lug'aviy birliklar dastlab bola bilan muloqotga kirishayotgan kattalar tomonidan fikrni tushunarli tarzda aks ettirish maqsadida qo'llanadi. Bola esa bunday nutqiy ifodalarni kattalardan eshitib, qanday ma'no anglatishini xotirada saqlab qolishga harakat qiladi va muloqot vaziyatida ulardan keng foydalanadi. Masalan, Qarshi shahar shevasida soʻzlashuvchi bolalar tomonidan taqinchoqlar va zargarlik buyumlarining nomini ifodalash maqsadida taqa, pixa, jiji soʻzi ishlatilsa, kaka - tuxum, qoqo,[ leksemasi shokolad, konfet, shakar, qand, singari ta'mi shirin boʻlgan qandolat mahsulotlariga nisbatan qoʻllanadi. Mazkur yosh davridagi bolalarning lug'at boyligi kam bo'lganligi tufayli, yuqoridagi singari soʻzlar ularning nutqida integral semaga ega boʻladi. Chunki bolalar nutqida uchraydigan bu kabi misollarning aksariyati hududiy va ijtimoiy belgilar asosida yuzaga keladi. Shunga koʻra, bu boradagi kuzatuv jarayonida to'plangan dalillarni maktabgacha yoshdagi oʻzbek bolalar nutqiga xos leksik dialektizmlar sifatida talqin qilish maqsadga muvofiqdir. Jumladan, karnay-surnay ovozi Qarshi shahar shevasida so'zlashuvchi oʻzbek bolalar nutqida gʻata-gʻata-g'u deb atalsa, boshqa tumanlarda yashovchi bolalar tomonidan ushbu tushunchani ifodalashda bota-bata soʻzi istifoda etiladi. Aksincha, bolalar nutqiga oid ayrim leksik dialektizmlar semantik jihatdan shevalararo farqlanadi: quqi:ququq:qoqoq: tutu so'zlari Gurlan shevasida muloqotga kirishuvchi bolalar nutqida uy va yovvoyi qushlar xoʻroz, tovuq va uning turlarini nomlashga xizmat qiladi. Qarshi shahar shevasida soʻzlashuvchi bolalar nutqida "issiq" tushunchasi jiz soʻzi orqali ifodalansa, Gurlan tuman shevasida so'zlashuvchi bolalar nutqida bu tushuncha pishsh soʻzi orqali ifoda etiladi. Ba'zan bolalar nutqida bunday semantik farqlanishlar bir lahja yoki muayyan sheva doirasida ham kuzatiladi: Gurlan shahrida yashovchi bolalar nutqida uchraydigan san'at sohasiga doir naynum:nanay-nanay soʻzi “qoʻshiq”, “musiqa”, "raqs” kabi ma'nolarni aks ettiradi. Bu holat bolaning ongida bir semantik maydonga xos boʻlgan sememalarni tutashtiruvchi ma'noning ohang tushunchasi asosida shakllanganligini aniqlashga yordam beradi. Gurlan tumani shevasida soʻzlashuvchi bolalar nutqiga xos bunday nutqiy birliklarni leksik-semantik xususiyatlariga koʻra toʻrt guruhga ajratish mumkin: I. Narsa-buyum va shaxs nomini bildiruvchi soʻzlar: bapa- chaqaloq, gol – toʻp, jiji – yangi kiyim-bosh, popoq - oyoq kiyim, ayaya – uyat, pix – yara (tananing shikastlangan qismi), ashsha – ovqat, nanna – non. II. Ish-harakatning nomini bildiruvchi soʻzlar: oppa – koʻtarmoq, bum – yiqilmoq, atata – urmoq, xam:xap – yemoq. 1.2. Bolaning so'z qoʻllash jarayonida diglossiya hodisasining namoyon boʻlishi: Ijtimoiylashuv jarayonida bolaning ona tiliga oid nutqiy me'yorlarni oʻzlashtirish koʻnikmasi soʻzlashuv uslubiga asoslangan verbal muloqot asosida shakllanadi. Nutqiy xulq va lisoniy qobiliyatning shakllanishi natijasida bola aqlan rivojlanib, atrof-muhitdagi voqea-hodisalarning mazmun-mohiyatini bilishga intiladi. Bolada nutqning rivojlanishi uning ruhiy jihatdan ham takomillashuvini ta'minlashga xizmat qiladi. Bu esa oʻz navbatida bola ma'naviy saviyasi va intellektual salohiyatining ortib borishiga yordam beradi. K.D.Ushinskiyning pedagogikaga oid tadqiqotida bolani ona tiliga xos soʻzlar orqali tarbiyalash masalasiga alohida urgʻu beriladi. Olimning ta'kidlashicha, xalqqa xos xususiyatlar dastlab ona tilida oʻz ifodasini topadi. Bolaning shaxsiyati, bilimi, malakasi va ma'naviy qiyofasi shu til ta'sirida shakllanadi. Demak, ona tilidagi verbal muloqot bolaning nutq me'yorlarini oʻzlashtirishida asosiy vosita vazifasini oʻtaydi. N.S.Sayidirahimovaning maktabgacha yoshdagi oʻzbek bolalar nutqiga xos lingvistik xususiyatlar talqiniga bag'ishlangan tadqiqotida buning sababi shunday izohlanadi: “...Ular grammatik qoidalarni oʻqib, tushunib yodlarida saqlab qolmaydilar. Ular ot, fe'l, sifat, olmosh, kelishik kabi grammatik kategoriyalarning borligini ham, ular nima ekanligini ham bilmaydilar. Shu sababli bolalar grammatikaning juda ko'p qo'llanadigan, eng sodda qoidalarini kattalardan oʻzlashtirib boradilar”10. Kichik yoshdagi bolalar nutqini o'stirishga doir metodik qoʻllanmada oila muhiti hamda ta'lim tarbiya muassasalarida muloqot jarayonini yuzaga keltirish maqsadida foydalaniladigan usul va vositalarning ahamiyatiga alohida to'xtalib oʻtiladi. Unda ta'kidlanishicha, maktabgacha yoshdagi bolalar hamda boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun sodda va qiziqarli o'yinlar, hisoblashlar, tez aytishlar, she'rlar, ertaklar kerak. Bolalar uchun nashr etiladigan kitoblar atrof-muhitni, hayotni bilish va uni sevishga yordam beradi, murgʻak qalblarning zehnini, ongini yuksaltiradi, turmushni sodda va haqqoniy ravishda tasvirlaydi, bolalarning lug'at boyligini oshiradi, nutqini oʻstiradi¹¹. Ma'lumki, ertak syujeti kattalar tomonidan maktabgacha yoshdagi bolalarga 4 yoshgacha boʻlgan davrda og'zaki tarzda bayon etiladi. Bola 5 yoshga qadam qo'yishi bilan ertak matni unga kitoblardan ham o'qib eshittiriladi. Chunki bolalarni muloqotga jalb etishda faqat soʻzlashuv uslubidan foydalanishning oʻzi etarli bo'lmaydi. Ularning bir-birlari va kattalar bilan muloqotda bo'lishlari, kommunikatsiya jarayonida oʻz fikrlarini erkin, tushunarli bayon qilishlarini ta'minlashda bolalar badiiy adabiyoti asosiy manba hisoblanadi. Kattalar tomonidan hikoya qilingan va o'qib berilgan badiiy asarlarni idrok etish orqali bolaning lug'at zaxirasi yanada ortadi. Shu bilan birga, aniq, ravon, qiziqarli uslubda yozilgan asar bolaning ruhiyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi va uning fikrini teranlashtirib, dunyoqarashini kengaytiradi. Bolalar uchun mo'ljallangan kinofilm va multfilmlar, telekoʻrsatuv hamda radioeshittirishlarni tinglash yoki tomosha qilish orqali ham ularning lug'at zaxirasi ma'lum darajada yangi so'zlar bilan boyib boradi. Kinofilm va multfilmlardan foydalanishning afzallik jihati shundaki, ekran orqali bola ona tilida soʻzlayotgan odamning nutqi, ohangi, odati, madaniyati, o'zini tutishi va his-tuyg'ularini sezgilar yordamida idrok etadi. Radioeshittirishlar esa bola soʻz boyligini oshirish bilan birga, unga kattalar tomonidan o'qib berilgan kitoblarda uchragan leksik birliklarning xotirada qayta tiklanishi va yanada mustahkam saqlanib qolishini ta'minlaydi. Biroq bola ularni tinglash jarayonida eshitish sezgisi orqali diglossiya (jamiyatda mavjud boʻlgan ikki til yoki tilning ikki shaklidan foydalanish) hodisasiga duch keladi. Tilshunos N.Mahmudov bu xususda quyidagicha mulohaza bildiradi: “Tilning lug'at boyligini yetarli darajada bilmasdan turib, madaniy nutq tuzish mumkin emas. So'zlarning semantik strukturasi, undagi taraqqiyot, leksik sistemadagi so'zlarning bir-biriga munosabati kabi masalalardan boxabar boʻlmasdan turib, tilning behad boy so'z xazinasidan konkret nutq uchun eng keraklisini tanlash mushkul. Bu xazinaning hayotini leksikologiya oʻrganadi. Nutq madaniyati soʻzlarni tanlashda ayni shu leksikologiyaning ma'lumotlariga tayanadi” 12. Albatta, 4-5 yoshgacha boʻlgan bolalarning nutqida she'r matnidagi adabiy nutq uslubiga oid ayrim leksik birliklar fonetik o'zgarishga uchragan holda ifodalanadi. Bu boradagi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida nutq o'stirishga doir metodik qoʻllanmada bolaning ota-onasi, maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachilari, umuman, uning yaqinlari tomonidan quyidagi usullarni amalda tatbiq qilish tavsiya etiladi: 1. Soʻzlarni boʻgʻin va tovush tomondan tahlil qilish. 2. Bo'g'inlardagi harflarning tovush tomondan toʻgʻri talaffuz qilinishiga e'tibor berish, ya'ni fonematik eshitishni rivojlantirish13. Bolalar nutqi ustida sotsiolingvistik va psixolingvistik aspektda olib borilgan izlanish natijalari ular bilan muloqot jarayonida yuqorida qayd etilgan usullarni amalda qoʻllash nihoyatda muhim ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi. Quyida ushbu fikrning isboti sifatida ayrim misollarni keltiramiz: Hilolaxon Erkinova (3 yoshu 6 oy)ning nutqida qorbobo haqidagi she'riy misralar Qorbobojon, qorbobo, Sogʻvalari bor bobo... tarzida aks etadi. Bu o'rinda “sovg'alari” so'zining bola tomonidan ifodalanishida kontakt metateza hodisasi yuz bergan. Yuqoridagi singari fonetik oʻzgarishlarning kuzatilishi bola nutq a'zolarining soʻzlarni toʻgʻri talaffuz etishga to'la moslashmaganligini koʻrsatadi. Ba'zan bunday fonetik hodisalar kattalarning bolani "Tili shirin" deb erkalab, muloqot jarayonida oʻz nutqlarini uning talaffuziga moslashtirgan holda ifoda etishlari tufayli ham yuzaga kelishi mumkin. Tadqiqotlarda qayd etilishicha, erkalovchi soʻz inson fiziologiyasiga kuchli ijobiy ta'sir koʻrsatadi. Erkalanayotgan paytda qon aylanishi yaxshilanadi. Qondagi kislorod miqdori 10-15% ga oshib, qon bosimi moʻtadillashadi, nafas olish engillashadi¹⁴ Bunda nafaqat insonning jismoniy, balki ruhiy holatida ham oʻzgarish yuz beradi. L.F.Ostrovskaya mazkur masala xususida quyidagilarni yozadi: "Kichkintoy yaqinlarining erkalashlarini his etsa, ularning jilmayishlarini koʻrsa, muloyim ovozlarini, bir-birlariga va unga xayrixohlik munosabatlarini sezsa, u ijobiy emotsional hislarni boshidan kechiradi"15. Shu asosda yuzaga keluvchi psixofiziologik holatlar bolaning nutqiy xulqida ham namoyon boʻladi. Bu boradagi kuzatuvlar jarayonida Hojimurod Erkinov (3 yoshu 7 oy) hamda Salohiddin Asqarov (4 yoshu 2 oy)ning nutqida she'r matni quyidagicha ifodalandi: Qorbobom oppo, Peshanasi yalpo, Hassasi uzuncho, Qopi toʻla oʻyincho¹6. Bundan anglashiladiki, bolalar nutqida yuqorida ajratib koʻrsatilgan soʻzlar oxiridagi [-q] tovushining tushirib qoldirilishi natijasida apokopa hodisasi yuz bergan. Bolalar nutqida kuzatilgan ushbu fonetik hodisa Gurlan shevasiga xos xususiyat hisoblansa-da, she'riy matnlarning mazkur shevada so'zlashuvchi kattalar tomonidan ifodalanishida bu kabi holatlar kuzatilmaydi. Go'dak esa mazkur yosh davrida adabiy til qoidalarini oʻzlashtirish imkoniyatiga ega boʻlmaganligi bois she'r matniga oid soʻzdagi tovushlarni shevaga xos shaklda aks ettiradi. Chunki kichik yoshdagi bola tomonidan ayrim so'zlarning talaffuzga koʻra notoʻgʻri ifodalanishida u bilan muayyan shevada muloqotga kirishuvchi ota-onalar, atrofdagi kishilar, maktabgacha ta'lim muassasasida esa tarbiyachilarning ta'siri kattadir. Metodik adabiyotlarda ta'kidlanganidek, o'quvchilar so'z boyligini oshirishning amaliy maqsadini ilmiy asosda tuzish oʻzbek tilidagi so'zlarning qoʻllanish darajasiga koʻra farqlash, buning sabablarini tushunib etish va amaliyotni ilmiy asoslarga boʻysundirishni taqozo qiladi. Bu jihatdan oʻzbek tili lug'at boyligi ikki katta guruhga ajratiladi: 1. Qoʻllanilish doirasi keng, chegaralanmagan, faol soʻzlar /keng iste'moldagi soʻzlar/. 2. Qo'llanilish doirasi chegaralangan, ma'nosi xususiylik va nozikliklarga ega boʻlgan soʻzlar /tor iste'molli soʻzlar/. Olimlarning ta'kidlashicha, 3-sinfni tugatgan oʻquvchining yozma nutqida shu soʻzni tajriba ishtirokchilariga taqdim etishda "peyla” tarzida talaffuz qilgan edik. Chunki Gurlan shevasida so'zning bu shaklidan keng foydalaniladi. Demak, bola biz taqdim etgan nutqiy birlikning shevaga xos variant ekanligini anglab yetgani holda, soʻzning piyla tarzidagi ifodasini adabiy tilga xos shakl sifatida talqin qilgan. Bu holat mahalliy shevada so'z qay tarzda talaffuz qilinsa, shunday yozilishi natijasida yuzaga kelgan. Diglossiya hodisasining bola leksikoniga ta'siri natijasida namoyon bo'luvchi yuqoridagi kabi holatlar ingliz tilini oʻzlashtirayotgan 11-12 yoshli oʻzbek bolalar nutqi ustida oʻtkazilgan sinov jarayonida ham kuzatildi. Tajribada Gurlan shahridagi ko'zi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar maxsus maktab-internatining yetti nafar 5-sinf o'quvchisi ishtirok etdi. Sinov jarayoni ikki bosqichdan iborat bo'ldi. Birinchi bosqich yozma ravishda¹9, ikkinchi bosqich og'zaki tarzda amalga oshirildi. Shu jihatdan jamiyatning kelajagi boʻlgan yoshlarga xorijiy tillarni oʻrgatish, ularning ikkinchi tildagi og'zaki va yozma nutqini rivojlantirish bugungi kunning muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Birinchi bosqichda o'quvchilarga orfografik jihatdan notoʻgʻri ifodalangan 5 ta soʻz tarqatma material sifatida berildi va ulardan taqdim etilgan lug'aviy birliklarning toʻgʻri variantini yozib koʻrsatish so'raldi. Bunda “teecher”, “mather”, "famely", "to rid”, “Vednesday” soʻzlaridan material sifatida foydalanildi20. Bu bosqichda olingan natijalar ikki nafar o'quvchining yozma nutqida teacher, mother, family, to read, Wednesday tarzida ifodalangan leksemalar berilgan vazifaning ular tomonidan to'g'ri bajarilganligini koʻrsatdi. Mazkur holat Ilhom Ortiqov va Muxlisa Yo'ldashevalarning javoblarida kuzatildi. Besh nafar oʻquvchi tarqatma material sifatida taqdim etilgan aksariyat soʻzlardagi imloviy xatolarni aniqlashga qiynalgan. Masalan, Baxtiyor Sobirovning yozma nutqida "teacher", "mother”, “to read”, soʻzlari tiche, maza, tu rid shaklida ifodalangan. Bu kabi xatolar asosan ingliz tilida so'z qanday talaffuz qilinsa, tajriba ishtirokchilarining yozma nutqida ham shu tarzda aks etishi natijasida yuz berganligi anglashildi. Ikkinchi bosqichda bolalarga 8 ta nutqiy qurilma o'qib eshittirildi va ularga jumlalarni davom ettirib, tugallangan gap sifatida shakllantirish kerakligi aytildi. Tajriba ishtirokchilariga taqdim etilgan leksik-grammatik materiallar¹ va sinaluvchilarning javoblari quyidagi jadvalda aks ettirilgan: Bu bosqichda erishilgan natijalarga koʻra, ikki nafar oʻquvchi hozirjavobligi bilan ajralib turgan bo'lsa-da, ingliz tilidagi so'z boyligining kamligi tufayli bir jumlani davom ettirishda ikki tilga xos lug'aviy birlikni aralash holda qoʻllagan: bir nafar oʻquvchi “I go to ...
- II BOB. BOLANING PERSIPTIV LUGʻATI: 2.1. Leksik oʻyin jarayonida bolaning nutqiy faoliyati: Kichik yoshdagi bolaning faoliyati rang-barang boʻlib, u kun davomida biron-bir mashg'ulot bilan shugʻullanadi, kattalarning topshiriqlarini bajarishga urinadi, ammo hammadan koʻra koʻproq o'yinlar oʻynashni yoqtiradi. Chunki oʻyin bola uchun eng yaqin, sevimli mashg'ulot hisoblanadi. “Bolada o'yinga boʻlgan ishtiyoq kuchli boʻlib, bu ishtiyoqni qondirish usullarini bilish kerak. Bolaga oʻyin uchun muayyan vaqt beribgina qolmay, uning hayotiga o'yinni singdirish lozim. Bolaning butun hayoti oʻyindir”¹. Adabiyotlarda qayd etilganidek, oʻyinlar bolani kelgusi hayotga tayyorlashda asosiy vositalardan biri sifatida xizmat qiladi. N.M.Aksarinaning ta'kidlashicha, o'yin faoliyati oʻz-oʻzidan vujudga kelmaydi, bu jarayon uch sharoit mavjud boʻlishini taqozo etadi: a) bola lisoniy ongida uni qurshab turgan voqelik toʻgʻrisidagi xilma-xil taassurotlarning tarkib topishi; b) har xil ko'rinishdagi o'yinchoqlar va tarbiyaviy ta'sir vositalarining muhayyioligi; v) bolaning tez-tez kattalar bilan muloqot va muomalaga kirishuvi². Ma'lumki, oʻyin faoliyatida kuzatiladigan muloqot jarayonida bolaning shaxsiy fazilatlari hamda xarakter-xususiyatlari bevosita uning nutqiga bog'liq holda namoyon boʻladi. Bolaning perseptiv lug'ati (idrok etish faoliyati natijasida yuzaga keluvchi soʻz shakllari lug'ati) qay darajada boy boʻlsa, lisoniy imkoniyatlardan unumli foydalangan holda fikr almashish jarayoni ham shu darajada qulay va oson amalga oshadi. Nutqi yaxshi o'sgan bola koʻpchilikka tez qo'shilib, tengqurlari bilan muloqotga kirishadi. Bu esa bolaning ekstrovert (muomalaga tez kirisha oladigan)³ shaxs sifatida shakllanishiga sabab boʻladi. Aksincha, nutqi yaxshi oʻsmagan bola o'rtoqlari bilan o'ynashga, muloqotga kirishishga qiynaladi. Bu uning shaxsiyatiga kuchli ta'sir etadi. Natijada bola tortinchoq va uyatchan boʻlib qoladi. Nutqida muayyan darajada kamchiligi boʻlgan bolaning ota-onasi uning soʻzlarini yaxshi tushunadi. Shu tufayli u oilaviy muloqotda qiyinchiliklarga duch kelmaydi. Bu esa bolaning har tomonlama rivojlanishi uchun etarli boʻlmaydi. Demak, bolalar nutqida uchraydigan sotsiopsixolingvistik xususiyatlarni nafaqat uning ota-onasi, balki atrofdagilar ham yaxshi anglab etishlariga erishish lozim. Chunki bolada kuzatilgan tortinish yoki uyalish hissi autizm (ijtimoiy muloqotdan qochish) hodisasining yuzaga kelishiga sabab boʻlishi mumkin. Nutqiy muloqot orqali bolada ona tiliga xos leksik birliklarni oʻzlashtirish koʻnikmasini shakllantirishga yunaltirilgan tajriba usullari nafaqat pedagogikaga oid adabiyotlarda, balki sotsiolingvistik va psixolingvistik tadqiqotlarda ham qayd etilgan. Jumladan, S.G.Ivamuraning maktabgacha yoshdagi bolalar nutqi leksikasi tadqiqiga doir monografiyasida nutqni o'stirish va rivojlantirishga yo'naltirilgan mashq o'yinlar tahlil qilingan boʻlib, unda bolalarning nutqiy muloqotga kirishuvida oʻyin vaziyatlarining ahamiyati xususidagi fikrlar mujassamlangan. Mazkur tadqiqotda qayd etilishicha, o'yinlar bola lugʻat zaxirasining yangi soʻzlar bilan boyishi va unda kuzatuvchanlik qobiliyatining shakllanishi asosida oʻz nutqini tuzatish ko'nikmasining hosil boʻlishiga ma'lum darajada yordam beradi. Zamonaviy xorijiy tadqiqotlarda “oʻz-oʻzini tuzatish” tushunchasi ostida kommunikativ muvaffaqiyatsizlikning tuzatilishida bolaning qobiliyati nazarda tutiladi. Kommunikativ oʻz-oʻzini tuzatish bolaning ilk muloqotga kirishuv davriga to'g'ri keladi. Bola nutqining oʻzi va oʻzgalar tomonidan tuzatilishi muayyan xususiyatlariga koʻra quyidagicha tasniflangan: I. Oʻz tashabbusiga koʻra tuzatish: a) TT toʻgʻri tuzatish (oʻzgalarning ta'sirisiz); b) OʻT1 oʻzgalarning tuzatishi (kattalar tashabbusiga koʻra); v) OʻT2 oʻzgalarning tuzatishi (kattalarning aynan tuzatishi); II. Bolalar oʻz-oʻzini tuzatishi tilning me'yoriy munosabatlariga koʻra: a) me'yoriy bo'lmagan lisoniy dalillarning me'yoriy birliklar bilan almashtirilishi; b) "aksincha oʻz-oʻzini tuzatish”; v) okkazionalizmlarning shu turdagi so'zlar bilan almashtirilishi. III. Oʻz-oʻzini tuzatish ob'ektiga koʻra: a) fonetik; b) grammatik; v) soʻz yasalishi; g) morfologik; d) sintaktik. Kattalar tomonidan bola nutqini tuzatish tasnifi: I. TTT toʻgʻridan toʻgʻri tuzatish (me'yoriy variantga almashtirish taklifi kiritiladi). II. OʻTT oʻzgalar tomonidan tuzatilishi (kattalarning bola nutqidagi xatolarga munosabati, me'yoriylikka erishishga qaralishi): a) qayta so'rash (kattalarning savol bilan murojaati); b) bolaning nutqiga tanbeh berish; v) bolaning nutqiy xatosini koʻrsatish; g) bolaning xatosini tengdoshi qilgan xato bilan qiyoslash; d) anologik soʻz yasash modeli orqali tuzatish taklifi. Yuqoridagi kabi usullardan foydalanish bevosita muloqot tarzida amalga oshadi. Bolalarning lug'at zaxirasini me'yoriy nutq birliklari bilan boytish maqsadida amalga oshiriladigan kommunikatsiya jarayoni bilvosita muloqot shaklida namoyon boʻlishi ham mumkin. Kichik yoshdagi bolaning ta'lim-tarbiyasi, umuman, hayotiy faoliyatini yoʻlga qo'yishda o'yinning ahamiyati kattadir. Oʻyin jarayonida bolaning atrof-muhit haqidagi tushuncha va tasavvurlari kengayib, voqelikka munosabat bildira olish qobiliyati shakllanadi. Shu asosda u narsa-hodisalarning oʻziga xos xususiyatlarini bilib boradi. Bola tevarak-atrofda kuzatilgan narsa-buyum hamda voqea-hodisalar haqidagi ma'lumotlarni oʻyin orqali oʻzlashtirib, har xil harakatlarni bajaradi, koʻrgan-bilganlarini oʻzicha talqin qilishi natijasida ifodalanayotgan hodisalarning mazmun-mohiyatini yaxshiroq tushunib olishga intiladi. V.V.Dementev bu boradagi tadqiqotida maktabgacha yoshdagi bolalar o'yinlarini quyidagi tiplarga ajratadi: 1. Kommunikativ oʻyinlar. Bu tipdagi o'yinlar tilga bog'liq yoki bogʻliq emasligiga koʻra oʻzaro farqlanadi. Ular oʻrtasidagi tafovut shundan iboratki, til bilan bog'liq kommunikativ oʻyin bolaga ijodiy qobiliyatini erkin holda namoyon etish imkonini beradi. Tilga bog'liq boʻlmagan oʻyin esa uning faoliyatini muayyan qoidalar bilan cheklab qoʻyadi. Bir necha qoidalarni o'z ichiga oluvchi kommunikativ oʻyinlar musobaqa tarzida oʻtkaziladi. Odatda, muayyan qoidalar asosida amalga oshiriladigan oʻyin jarayoni tartibli kechadi. 2. Nokommunikativ oʻyinlar. Bunday oʻyinlarda qoidalar mavjud boʻlmaydi. Ba'zan bolalarning tilga bog'liq boʻlmagan kommunikommunikativ oʻyin faoliyatida ham spetsifik xususiyatlar yuzaga chiqadi. Ular bolaning oʻyinga nom berish jarayonida yaqqol aks etadi: Hojimurod Erkinov (4 yoshu 10 oy) oʻrtogʻiga: Drsh-drsh oʻyniymizmi? – deb murojaat qiladi. Boladan “Drsh-drsh" qanday oʻyin ekanligi soʻralganida, u mazkur faoliyat turining boshni boshga urish orqali amalga oshirilishini harakat yordamida tushuntirmoqchi boʻladi. Bola kattalarning turmush tarzi, his-tuyg'ulari, oʻzaro muomala va muloqotga kirishish xususiyatlarini, oʻziga va oʻzgalarga, atrof-muhitga munosabatini yaqqol voqelik sifatida aks ettirish maqsadida turli xil o'yinchoqlar va ularning vazifasini oʻtovchi narsa-buyumlardan keng foydalanadi. U mustaqil holatda o'ynayotganida, nutqiy faoliyat orqali muloqotga kirishish xususiyatini yuzaga chiqaradi. Muxlisa Mullajonova (3 yoshu 9 oy) oʻyin chog'ida doimo onasi tomonidan oʻziga nisbatan aytilgan so'zlar bilan oʻyinchoq quyonchasiga, qoʻgʻirchoqlariga murojaat qiladi. Hilolaxon Erkinova (5 yoshu 8 oy) esa qish faslida bog'chaga ketishdan oldin uyda yasatilgan archaning oldiga borib, Xayr, archa! – deb u bilan xayrlashadi. Sarvarbek Umarov (3 yoshu 10 oy) nutqida ham yuqoridagi kabi misollarni koʻplab kuzatish mumkin. U uxlashdan oldin “Mikki Maus
- III BOB. OʻQUVCHILARNING KOMMUNIKATIV FAOLIYATI: 3.1. Oʻquvchilar kommunikativ faoliyatida mavhum leksemalarning ifodalanishi: Oʻquvchilar kommunikativ faoliyatida mavhum leksemalarning ifodalanishi bilan bog'liq masalalarni oʻrganish hozirgi zamon kommunikativ tilshunosligining dolzarb muammolaridan biridir. Kommunikativ faoliyat u yoki bu lingvomadaniyat, jamoa, bir tilda soʻzlashuvchi guruh yoki alohida individ nutqiga xos muloqot jarayonida amal qilinayotgan qoidalar va an'analarning yigʻindisi hisoblanadi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining kommunikativ faoliyatini oʻrganish dialogik muloqot modelini qurish va bolalar nutqiga oid kommunikativ faoliyat metodikasini bayon qilishda katta ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, ishlab chiqilgan modellar asosida oʻquvchilarning kommunikativ faoliyatini tizimli ravishda bayon etish imkonini beradi. Mazkur tushunchani talqin qilish natijasida bola kommunikativ ongi rivojlanishining yosh xususiyati bilan bog'liq dinamikasi aniqlanadi. Demak, boshlang'ich sinf o'quvchilarining kommunikativ ongini tadqiq etishda, eng avvalo, alohida olingan konseptlar mazmunini aniqlash zarur. Chunki ular muloqotga kirishuvchi shaxs nutqining leksik-semantik xususiyatlarini yoritishga asos boʻladi. Kommunikativ faoliyatning rivojlanish bosqichida savol-javob usuli, eng avvalo, bola soʻz zahirasining yangi lug'aviy birliklar bilan boyib borishini ta'minlashga xizmat qiladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining kommunikativ faoliyatida yaqqol ko'zga tashlanadigan leksik-semantik xususiyatlardan biri shuki, ularning nutqida 14 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan yuqori sinf o'quvchilari tomonidan standart til me'yorlarini buzib, soʻzni koʻchma ma'noda qo'llagan holda narsa va hodisalarni aks ettirish uchun kundalik hayotda ishlatiladigan sotsiolekt elementlari ko'p uchraydi. Bolalar nutqida ifodalangan uxlatmoq (oʻgʻrilamoq, aldamoq, buzmoq), oʻramoq (boshini aylantirmoq), kuchayib qolgan (oʻzini boshqalarga nisbatan yuqori darajada his etgan holda maqtanadigan, yangi, yuqori sifatli, qimmatbaho narsa-buyum, daraja, unvon yoki lavozimga ega boʻlgan), surayyo! (qoch, ket!), yoqibdi! (yoqmay qolsin!), parot boʻlmoq (uyalmoq), parot qilmoq (uyaltirmoq), duxi etmoq (jur'at qilmoq), vip (bemalol, tekin) kabi soʻzlar shular jumlasidandir. O'quvchilar muloqotida kuzatiladigan bunday lug'aviy vositalarning ba'zilarini oʻzbek bolalar nutqiga xos disfemizm (kishilarni o'z nomi bilan atamay, haqoratlash va kamsitish maqsadida tabiatdagi salbiy xarakterda deb bilingan jonivor yoki narsa nomi bilan atash)¹ sifatida talqin qilish maqsadga muvofiqdir. Bunga tom yoki tomi ketgan (miyasi ishlamaydigan), harip (uquvsiz, farosatsiz) singari nutqiy birliklarni misol qilib keltirish mumkin. Biroq boshlang'ich sinf oʻquvchilari mazkur soʻzlarning ma'nolarini yuqori sinf o'quvchilariga nisbatan tor doirada tushunadilar. Ayniqsa, bu holat oʻzbek tili lugʻat tarkibiga kirmaydigan, ammo xorijiy tillardan oʻzlashib, o'smirlarning soʻzlashuv nutqida keng qo'llanadigan leksik birliklar semantikasining 6 yoshdan 11 yoshgacha boʻlgan bolalar tomonidan talqin qilinish jarayonida aniq koʻzga tashlanadi. Masalan, oʻzbek millatiga mansub boshlang'ich sinf o'quvchilarining nutqida faol qo'llanadigan ingliz tiliga oid es soʻzi xursandlik kayfiyatini ifodalaydi. Ingliz tilini bilmaydigan kichik yoshdagi bolalardan ushbu leksemaning qanday kommunikativ vaziyatlarda ishlatilishi haqida so'ralganida, ular soʻzning ma'nosini aniq tushuntirib bera olmaydilar. Ko'p hollarda boshlang'ich sinf o'quvchilari ham kundalik muloqot jarayonida o'smirlar singari geminatsiya hodisasi asosida yuzaga kelgan jovvop (fikrni qat'iy ishonch bilan aytmoq), karrillama! (koʻp maqtanib gapirma!), харра (yaroqsiz holatga kelgan), “quyonning rasmini chizmoq" tarzida ifodalanuvchi iboraga muqobil boʻlgan quyyon (qochib ketmoq), dodda (zoʻr) kabi soʻzlardan keng foydalanadilar. Mazkur leksik birliklar yuqori sinf o'quvchilari tomonidan so'zning ma'nosini yoki fikrning mazmunini kuchaytirish maqsadida fonetik oʻzgarishga uchragan holda talaffuz qilinadi. Biroq boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun tovush oʻzgarishining so'z ma'nosiga ta'siri ahamiyatsiz boʻlib, ularning nutqida bunday leksik vositalar asosan yosh jihatdan kattaroq bolalarga taqlid qilish maqsadida ishlatiladi. Tadqiqotlarda bolaning fikrlash xususiyati uning yosh va taraqqiyot darajasini hisobga olgan holda to'rt bosqichga ajratiladi: 1. 1-3 yoshli bola senso-mator xarakterda fikrlaydi. 2. 4-7 yoshdagi bola operativ koʻrgazmali xarakterda fikrlaydi. 3. 8-11 yoshdagi bola aniq operatsiyalarni bajarishga moyil boʻlib, konkret fikrlaydi. 4. 12-16 yoshli bola abstrakt xarakterdagi formal hukmlar chiqarishga moyil boʻlib, oʻz farazlarini bayon qilishga intiladi¹. Yuqori sinf o'quvchilarining lisoniy ongida mavjud leksema ma'nolarini tadqiq etish bugungi kunda bolalar tafakkur tarziga xos oʻzgarishlar ta'sirida ular nutqining intensiv ravishda rivojlanib borayotganligini aniqlashga imkon beradi. Chunki oʻsmirlar nutqiga xos bu xususiyat oʻn ikki nafar oʻquvchi oʻrtasida oʻtkazilgan sinov jarayonida yaqqol namoyon bo'ldi. Tajribada Gurlan shahridagi 20,31,43-son umumiy o'rta ta'lim maktablarining 6-9-sinf o'quvchilari ishtirok etdi. Unda soʻzni izohlash usulidan foydalanildi. Mavhum leksemalarning ma'nolarini og'zaki nutq orqali adabiy til me'yorlariga muvofiq holda ifodalashga yo'naltirilgan ushbu sinov jarayonida sakkiz nafar o'quvchi faollik koʻrsatdi. Jumladan, Muniraxon Erkinova (14 yosh) tomonidan tush soʻzining ma'nosi uyqudagi kino tarzida izohlandi. Biz mazkur nutqiy ifodani tahlil qilishda tush tushunchasiga berilgan ta'rifning bola tafakkuri bilan bog'liq qanday psixik jarayonlar ta'sirida yuzaga kelganligini aniqlash uchun undan so'zning ma'nosini misollar orqali tushuntirishini so'radik. Bola bilan suhbat jarayonida aniqlanishicha, u yuqoridagi tushunchani ta'riflashda tushdagi voqelik kinodagi kabi har doim ham haqiqatga toʻgʻri kelavermasligiga asoslangan. Bu holat, bir tomondan, maktab o'quvchisida lisoniy qobiliyatning shakllanish dinamikasini ifodalasa, ikkinchi tomondan, oʻzbek tili leksik-semantik tizimining jadal rivojlanib borayotganligidan dalolat beradi. Oʻzbek bolalarning perseptiv lug'atiga oid mavhum leksemalarni talqin qilishda ham masalaga shu nuqtayi nazardan yondashish maqsadga muvofiqdir. Chunki tajriba davomida to'plangan bir qator dalillar bu xususda ilgari surilgan nazariyani amaliyot orqali isbotlashga asos bo'ladi: 1. Tizimli ma'nolar. Bunday leksemalarning ma'nolari oʻzbek tilining izohli lug'atida o'z ifodasini topgan¹. Bunga bolalar nutqida ifodalangan quyidagi mavhum leksemalar va ularning ma'nolarini misol qilib ko'rsatish mumkin: Nodiraxon Sultonova (15 yosh) armon leksemasining ma'nosini erisha olmaydigan, amalga oshmaydigan orzu tarzida talqin qiladi. Abdubosit Abdurahmonov (12 yosh) esa baxt soʻzini oʻz maqsadiga erishish deb tushuntiradi. 2. Tizimsiz ma'nolar. Bunday mavhum soʻzlarning ma'nolari lug'atlarda qayd etilmagan. Bunga Munisa Sultonova (13 yosh) tomonidan ifodalangan quyidagi so'z va uning ma'nosi misol boʻla oladi: doʻstlik –ikki yoki undan ortiq insonning bir-biriga boʻlgan ishonchi. Mansur Toyirov (14 yosh) esa sadoqat tushunchasini insonlar oʻrtasidagi ishonch, oʻzaro hurmat tarzida izohlaydi. Tajriba natijalariga koʻra, 11-12 yoshli bolalarning lisoniy ongida mavhum soʻzlarga xos bir qator tizimli ma'nolar mavjud emasligi anglashildi: Madina Abdurahmonova (11 yosh) nutqida xayol leksemasining ma'nosi orzu va rejalar poydevori, Anvar Ergashev (12 yosh) nutqida vaqt soʻzining ma'nosi quvib ham, to'xtatib ham boʻlmaydigan harakat tarzida aks etadi. Bu xususiyat, ayniqsa, yuqori sinf o'quvchilarining tengdoshlari bilan muloqotga kirishish jarayonida koʻp kuzatiladi. Chunki mazkur yoshdagi bolalar uchun soʻzning bir qator ma'no qirralari katta ahamiyatga ega boʻlmaydi. Bunga mavhum leksemaga xos bo'lgan ba'zi ma'nolarning til tizimida dolzarb emasligi ham katta ta'sir etadi. Mavhum leksemalarda aks etgan ayrim ma'nolarning oʻquvchilar lisoniy ongida mavjud boʻlmasligi quyidagi omillarga bog'liq: sinaluvchilarda hayotiy tarjibaning yetarli emasligi tufayli ular oʻziga tanish boʻlgan polisemantik soʻzning ba'zi ma'nolarini bilmasligi mumkin. Bu xususiyat bola lisoniy malakasining shakllanganlik darajasi bilan ham bevosita bog'liq. Bundan tashqari, tajriba oʻtkazilayotgan vaqtda mavhum leksema tarkibidagi u yoki bu ma'no bolaning ongida aks etmasligi mumkin. Bola tomonidan mavhum tushunchalarning ifodalanishida uning yosh jihati bilan birga, gender (jins) xususiyati ham muhim rol o'ynaydi: o'g'il bolalarning nutqida mardlik, obro', omad, tinchlik, do'stlik, adolat singari mavhum leksemalar aks etgan boʻlib, ularning aksariyat qismi yigitlarga xos tuygʻular va fazilatlarni ifodalaydi. Biroq og'zaki savol-javob jarayonida ayrim oʻgʻil bolalar yuqoridagi leksik birliklarga izoh berishda qiyinchiliklarga duch kelishdi: Surojiddin Shomurodov (11 yosh) “tinchlik” soʻzining ma'nosini tushuntirishda quyidagi vaziyatni yuzaga keltirdi: tinchlik osoyishtalik. Bunda bola leksemaning qanday ma'no kasb etishini tushunsa ham, nutq orqali ifodalay olmaganligi tufayli savolga javob berish maqsadida unga sinonim bo'lgan so'zdan foydalanishga harakat qilgan. Albatta, u yoki bu soʻzni inson qalbiga yetkazish boladan chuqur bilim va katta mahorat talab etadi. Tajribada ishtirok etgan ba'zi oʻgʻil bolalarda lisoniy bilim va mahoratning talab darajasida emasligi ularning qiz bolalarga nisbatan badiiy asarlarni kam o'qiganliklarini koʻrsatdi. Qiz bolalar tomonidan quvonch, qaygʻu, koʻngil, tilak, muhabbat, samimiyat singari koʻplab emotsional-ekspressiv boʻyoqqa ega boʻlgan dalillarning ma'no qirralari to'g'ri yoritib berilgan: Munira Abdurahmonova (14 yosh) nutqida muhabbat soʻzining ma'nosi sevgi, yaxshi koʻrmoq tarzida ifodalanadi. mehr leksemasi Irodaxon Erkinova tomonidan shunday ta'riflangan: birovning ko'nglini topib, uni qo'llab-quvvatlash, yordam berish. Bolaning yoshi ulg'aygan sari uning perseptiv lug'atida polisemantik soʻzlarga xos ma'no turlarining dolzarblik darajasi va ahamiyati oʻzgarib boradi. O'quvchilar tomonidan yangi ma'nolarning oʻzlashtirilishi yoki kashf qilinishi natijasida ularning lug'at zaxirasini tashkil etuvchi soʻzlar nafaqat sifat jihatdan, balki miqdor jihatdan ham ortib boradi. Ontolingvistikada oʻquvchilar nutqida uchraydigan mavhum leksemalar semantikasining spetsifik xususiyatlarini tadqiq etish orqali bolaning lisoniy ongi tuzilmasida aktiv va inaktiv zonalar, ya'ni faol va nofaol darajalar mavjudligi aniqlangan. Leksik birliklarning maksimal kommunikativ-relevant ma'nolari aktiv zonani hosil qiladi. Kommunikativ jihatdan relevant boʻlmagan ma'nolar esa inaktiv zonani tashkil etadi. Til tashuvchisi muloqot jarayonida leksik birliklardan faol lug'atda mavjud boʻlgan boshqa so'zlar bilan muayyan munosabatlar tizimiga ega boʻlgan holatdagina foydalanishi mumkin. Soʻzning yangi va koʻchma ma'nosini oʻzlashtirish natijasida yangi aloqalar paydo boʻlib, eskilari yoʻqoladi. Shunga koʻra, ontogenez jarayonida bunday aloqalar soʻzning oʻzlashuvi bilan bog'liq holda shakllanadi. Bir lug'aviy birlikning semantik tuzilishi uning ichki (ma'nolararo) va tashqi (soʻzlararo) mazmuniy munosabatlari tildan foydalanuvchilar uchun leksemani oʻzlashtirishning turli bosqichlarida o'xshashlik kasb etmaydi. Umuman olganda, perseptiv lug'atning shakllanishi, so'z boyligining kengayishi va yangi leksik birliklarni oʻzlashtirish insonning butun hayoti mobaynida davom etadi. Biroq kichik yoshdagi bolalar va o'smirlar tomonidan mavhum soʻzlar semantikasining qabul qilinishida keskin tafovutlar kuzatiladi. Bolalar va o'smirlar nutqiga xos semantik munosabatlar kognitiv taraqiyot natijalari, ya'ni ularning ruhiyatida kuzatiladigan aqliy va hissiy bilish jarayonidagi yutuqlarga bog'liq boʻladi. Demak, idrok etish faoliyati yuqori darajada rivojlangan bolalar aqliy faoliyati nisbatan sust bolalarga qaraganda nutqni tez tushunadilar va muloqot vaziyatida so'zlarni semantik jihatdan bog'lay oladilar. Chunki ular atrof-muhitdagi oʻzlari uchun qiziqarli boʻlgan nutq voqeligiga nisbatan semantik munosabatda bo'ladilar. Tengqur bolalar perseptiv lug'atida bunday tafovutlarning yuzaga kelishi ularning ba'zilarida uchraydigan aqliy cheklovlar (fikrlash doirasining torligi) bilan bog'liq boʻladi. Bu esa oʻz navbatida bolalarning kognitiv faoliyatini aks ettiradi. Bola atrof-muhit haqidagi bilimlarni oʻzida aks ettiruvchi leksik birliklarning ma'nolarini tasavvur, tafakkur, xotira, xayol kabi psixik jarayonlar orqali idrok etish qobiliyatiga egadir. Bolalardagi intellekt nafaqat ularning jismonan rivojlanishi, balki nutqining shakllanishi bilan bog'liq holda namoyon boʻladi va takomillashadi. 1. Bola ijtimoiy hayot hodisalarini kuzatar ekan, voqelikni ifodalash uchun yangi so'z va iboralarni oʻzlashtirish asosida uning perseptiv lug'ati boyib boradi. Bola perseptiv lug'atining ifodasi intellektual-psixologik o'yinlar hamda savol-javob usulidan foydalanish jarayonida oʻz aksini topadi. 2. Bola perseptiv lug'atining rivojlanishida ijtimoiy munosabatlarni shakllantirishga xizmat qiluvchi dialogik nutq verbal muloqot shakli sifatida namoyon boʻladi. Dialogik nutq situativ muloqot usuli hisoblanib, bunda bolalar bir-birlarini oʻyinga jalb qilish orqali oʻzaro lisoniy aloqa oʻrnatadilar. 3. Kichik yoshdagi bolalar va oʻsmirlar kommunikativ faoliyatida mavhum leksemalarning ifodalanish jarayonida yuzaga keluvchi psixolingvistik muammolarni tadqiq qilish orqali ular nutqida aks etgan semalarning oʻziga xos shakli sifatida quyidagi ma'nolarni alohida ajratib ko'rsatish maqsadga muvofiqdir: a) davr oʻtishi mobaynida yoʻqolib borayotgan ma'nolarning mavjudligi; b) yosh bilan bogʻliq semantik komponentlarning mavjudligi; v) soʻzning semantik strukturasida ma'nolar va alohida komponentlarning turlicha ma'no kasb etishi; g) tildagi mavhum soʻzlarning semantik jihatdan nozik farqlarga ega boʻlishi va alohida olingan komponentlar ma'nosining oʻzgarishi. 4. Yuqori sinf o'quvchilarining nutqida ifodalanuvchi leksema ma'nolarini psixolingvistik nuqtayi nazardan tadqiq etish bolalar tafakkur tarziga xos oʻzgarishlar ta'sirida ular nutqining intensiv ravishda rivojlanib borayotganligini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. O'smirlar muloqotida oʻzbek tilining izohli lug'atida mavjud boʻlmagan koʻplab yangi maʼnolar ham oʻz aksini topadi. Bola tomonidan bildirilgan fikrning mazmuni uning nutqida implitsit holatda aks etishi ham kuzatildi. Bunga Malika Abduhalilova (4 yoshu 9 oy) bilan boʻlgan quyidagi dialogik suhbatni misol qilib keltirish mumkin: Katta bo'lganingda kim bo'lmoqchisan? Qiz boʻlaman. Hozir o'g'il bolamisan? Boshim kal boʻgʻaninda chiqonlarim ustimnan kulishadi-gʻu! Bolaning nutqiy muloqotida kuzatilgan ushbu hodisani pragmatik aspektda tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. Malikaning boshida sochi yo'q boʻlganligi uchun (sochi oldirilgan) o'rtoqlari uni “o'g'il bola
- 3.2 O'quvchilarning soʻz boyligining oshishi uchun ta'sir qiluvchi dars ishlanmalar: Oʻquvchilarga ona tili fanidagi ot soʻz turkumi haqida ma'lumot berish. maqsadlar: Voqelikni tushunish va tushuntira olish(FK1) uniting qanday so'roqlarga javob boʻlishi qaysi so'zlar ot ekanligini aniqlashni o'rgatish Shaxs nomi, shaxs oti,narsa oti qanday yozilishini o'rgatish. Kamunikativ kampitensiya(TK1) Oʻz fikrini aniq va tushunarli bayon qila olish Do'stlik, hamkorlik sifatlarini shakllantirish O'quvchilarni insonni go'zal qiladigan kamtarlik, tartiblilik, shirinso'zlik, aqllilik fazilatlari ruhida tarbiyalash. Ijtimoiy faol fuqarolik kompitensiyasi (Tk4) Tarixga hurmat, bobolar merosini qadrlashni oʻrganish. Axborot bilan ishlash kopeteniyasi (TK2) Berilgan topshiriqlarni mustaqil yecha olish Oʻz-oʻzini rivojlanira olish kompitensiyasi(TK3) Jismoniy, ma'naviy,tarbiyaviy va intelektual kamolatga erishishga intilishning dastlabki bosqichlari