Qurilishda fizika
Ushbu kitob "Qurilishda Fizika" fanidan olinib, o'rta maxsus ta'lim tizimi uchun mo'ljallangan o'quv-uslubiy majmua hisoblanadi. Unda fizika fanining asosiy tushunchalari, Mexanika, Statistik fizika, Termodinamika, Elektr va magnitizm, Optika, Kvant fizikasi, Atom fizikasi, Fizikaning molekulyar kinetik nazariyasi, Fizikaning nazariy asoslari, Fizikaning asosiy qonunlari, Optikaning asosiy qonunlari, Yorug'likning muxit bilan ta'sirlanishi, Yorug'lik difraksiyasi, Yorug'lik interferensiyasi kabi bo'limlar atroflicha yoritilgan. Nazariy qismlar bilan bir qatorda har bir mavzu bo'yicha masalalar yechish va laboratoriya ishlari uchun ham ko'rsatmalar berilgan. Kitobda talabalar uchun nazorat savollari va keyslar ham keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Fizikaning asosiy tushunchalari: Fizika fanining ta'rifi, uning vazifalari, fizika qonunlarining umumiy qonuniyatlari, fizika uslublari, nazariy va eksperimental usullar, Fizika tadqiqot usullari, tajriba, gipoteza, eksperiment va nazariya. Fizika va texnika orasidagi o'zaro hamkorlik.
- Mexanikaning asoslari: Moddiy nuqta, sanoq sistemasi, radius vektor va traektoriya tushunchalari. Tezlik. Tezlanish. Moddiy nuqtaning to'g'ri chiziqli harakati, aylana bo'ylab harakati. Burchakli tezlik va tezlanish. Egri chiziqli harakatda tezlik va tezlanish. Moddiy nuqta dinamikasi. Nyuton qonunlari. Impuls. Kuch impulsidan vaqt bo'yicha olingan birinchi tartibli hosila. Impulsning saqlanish qonuni. Ish va quvvat. Konservativ va nokonservativ kuchlar. Kinetik va potensial energiya. Mexanik energiyaning saqlanish qonuni. Qattiq jismlar mexanikasi.
- Statistik fizika asoslari va termodinamika: Molekulalarning massasi va o'lchamlari. Modda miqdori. Fizikada dinamik, statik, termodinamik qonuniyatlar va usullar, extimollik nazariyasining asosiy tushunchalari. Makroskopik holatlar. Issiqlik harakati. Makraskopik parametrlar. Intinsiv va ekstinsiv parametrlar. Gaz bosimining molekulyar – kinetik nazariya asosida tushuntirilishi. Idial gazning holat tenglamasi. Statistik taqsimotlar. Maksvell-Boltsman taqsimoti. Bolsman qonuni. Muvozanat holati.
- Elektr va magnitizm: Elektr zaryadi, zaryadning diskretligi, Kulon qonuni, elektr maydon, elektr maydon kuchlanganligi, maydonlar superpozitsiyasi. Magnit maydon, magnitlanish, muhitning magnit singdiruvchanligi. Magnit maydon kuchlanganligi. Amper qonuni. Bio-Savar-Laplas qonuni. Lorens kuchi. Elektromagnit induksiya xodisasi, Lens qoidasi, induksiya EYUK, o’zinduksiya, induktivlik, o’zaro induksiya. Elektromagnit to’lqinlar.
- Optika: Optikaning asosiy qonunlari. Fotometrik tushunchalar va birliklar. Linzalar. Optik asboblar. Yorug’likning sinish qonuni. Yorug’likning qaytish qonuni. Difraksiya va interferensiya. Yorug’likning kvant nazariyasi. Fotoeffekt. Bor postulatlari. De-Broyl gipotezasi. Elektronlar difraksiyasi. Geyzenberg noaniqlik munosabatlari. Atomlarning chiziqli spektrlari. Kvant nazariyasining eksperimental asoslanishi.
- Yadroning tarkibiy qismi: Moddalarning atom molekulyar tuzilishi. Atom yadrosi. Elementar zarralar. Tortishish kuchlari, elektromagnit kuchlar, kuchsiz va kuchli o’zaro ta’sir kuchlari. Materiyaning yagona nazariyalari haqida. Yadro massasi va massalar defekti. Radioaktivlik. Yadro yemirilishlari. Yadro energetikasi va ekologiya.
- Termodinamika: Qaytar va qaytmas issiqlik jarayonlari. Gaz xajmining o’zgarishida bajarilgan ish. Termodinamikaning birinchi qonuni. Termodinamikaning ikkinchi qonuni. Karno sikli. Issiqlik mashinasining foydali ish koeffisiyenti. Termodinamikaning uchinchi qonuni. Entropiya.
- Molekulyar fizika: Molekulalarning tuzilishi va xossalari. Molekulyar-kinetik nazariyasi. Molekulyar-kinetik nazariyaning asosiy tenglamasi. Gaz bosimi. Ideal gaz va uning holati tenglamasi. Issiqlikdan nurlanish. Fizikaviy kattaliklar va ularning birliklari.
- Tebranishlar va to’lqinlar: Tebranishlar haqida umumiy ma’lumotlar. Garmonik tebranishlar va tebranma harakat tenglamasi. Tebranma harakat qilayotgan jismning energiyasi. Yorug’likning chastotasi va to’lqin uzunligi orasidagi bog’liqlik. Yorug’likning difraksiyasi va interferensiyasi.