Понятие и особенности административно-правовых средств защиты несовершеннолетних
Ushbu matnda Oʻzbekiston Respublikasida bolalar huquqlarini himoya qilishning maʼmuriy-huquqiy shakllari tahlil qilingan. Oʻzbekistonda bolaning huquq va manfaatlari davlat siyosati darajasiga koʻtarilganligi va bu borada bir qator qonunlar, jumladan, yoshlarga oid davlat siyosati asoslari, fuqarolik, taʼlim, vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi, fuqarolar salomatligini muhofaza qilish, bolalar huquqlari kafolatlari, odam savdosiga qarshi kurashish, nogironlarni ijtimoiy himoya qilish, xayriyalar toʻgʻrisidagi, voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish toʻgʻrisidagi qonunlar qabul qilinganligi taʼkidlanadi. Oʻzbekistondagi bolalar huquq va erkinliklarini himoya qilishning milliy tizimi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlari, inson huquqlariga rioya etilishini nazorat qiluvchi maxsus davlat organlari hamda nodavlat tashkilotlardan iboratligi aytib oʻtiladi. Maʼmuriy-huquqiy shakllar sifatida esa ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlari yoki harakatlariga (harakatsizliklariga) nisbatan shikoyat qilishning maʼmuriy (sudga murojaat qilmasdan) tartibi hamda ijro etuvchi hokimiyat tizimida davlat nazoratining maxsus shakllari va prokuratura nazorati koʻrib chiqiladi.