Fizika
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan bo'lib, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun fizika fanidan o'quv dasturidir. Dastur fizika kursining maqsad va vazifalarini, o'quv rejasida fizika faniga ajratilgan soat miqdorini, fan bo'limlari va mavzularning mazmunini, ko'rgazma va tajribalarni, laboratoriya ishlarini, jihozlar va o'quv-ko'rgazmali qurollarni, adabiyotlarni o'z ichiga oladi. Dasturda mexanika, molekulyar fizika va termodinamika asoslari, elektrodinamika asoslari, optika, kvant fizikasi asoslari, atom va yadro fizikasi kabi bo'limlar bo'yicha ma'lumotlar berilgan.