"Irmash-gidravlika" MCHJ sharoitlari uchun "1140501 Qopqoq" detalini tayyorlash texnologik jarayonini va operatsiyalarining texnologik ta'minot vositalari konstruksiyalarini ishlab chiqish
Ushbu diplom loyihasi mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jixozlash va avtomatlashtirish yo'nalishi bo'yicha 4-kurs talabasi Mirxo'jayev Muxammadali Axmadali o'g'li tomonidan tayyorlangan. Loyiha "Irmash-gidravlika" MCHJ sharoitlari uchun "1140501 Qopqoq" detalini tayyorlash texnologik jarayonini va operatsiyalarining texnologik ta'minot vositalari konstruktsiyalarini ishlab chiqish mavzusiga bag'ishlangan. Loyihada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari, qarorlari, farmoyishlari, VM qarorlari, ilmiy-texnik adabiyotlar, internet ma'lumotlari, detal ishchi chizmasi, ishlab chiqarish xajmi kabi ma'lumotlardan foydalanilgan. Loyihada kirish, umumiy qism, texnologik qism, konstruktorlik qismi, hayot faoliyati xavfsizligi qismi va iqtisodiy qism kabi bo'limlar mavjud. Shuningdek, loyihada foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati va ilovalar ham keltirilgan.