Vasiliy Shukshin va Zulfiya Qurolboy qizi asarlarida qishloq hayoti mavzusining qiyosiy tahlili
Bitiruv malakaviy ishi Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligi, Farg'ona Davlat Universiteti Filologiya Fakulteti talabasi Mahmudova Go'zalning Vasiliy Shukshin va Zulfiya Qurolboy qizi asarlarida qishloq hayoti mavzusining qiyosiy tahliliga bag'ishlangan. Unda rus va o'zbek adabiyotida qishloq hayoti tasviri, milliy mentalitet, urf-odatlar, xatti-harakatlar va qiliq-odatlarning badiiy tasviri omillari yoritilgan hamda har ikki adibning uslubi qiyoslanadi. Tadqiqot ikki bobdan iborat bo'lib, birinchi bob yozuvchilarning ijodida milliy mentalitet va mahalliy koloritni, ikkinchi bob esa qishloq hayoti mavzusi muammolarining badiiy ifodasini o'z ichiga oladi.