«Флегмен» янги тинчлантирувчи йиғмасини стандартлаш
Ushbu kitob «Flegmen» nomli yangi tinchlantiruvchi ko'p o'simlikli choyini mahalliy o'simlik xomashyosi asosida yaratish, uni tibbiyot amaliyotiga tatbiq etish, sifat standartlarini va standartlash usullarini ishlab chiqishga bag'ishlangan. Tadqiqot natijasida «Flegmen» nomli yangi tinchlantiruvchi dorivor vosita yaratildi. Ushbu dorivor vositaning sifat nazorati va standartlash usullari ishlab chiqildi. Dorivor vosita O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan va ishlab chiqarishga tatbiq etilgan. Ushbu dorivor vosita markaziy asab tizimi bilan bog'liq turli kasalliklarni davolashda samarali ekanligi tasdiqlangan.