«Керамика материаллар технологияси» фанидан лаборатория ва амалий машғулотлар учун услубий қўлланма
Ushbu o'quv qo'llanma "Keramika materiallar texnologiyasi" fanidan laboratoriya va amaliy mashg'ulotlarni o'tkazish uchun mo'ljallangan. Qo'llanmada keramika materiallar ishlab chiqarishda xom ashyolarni tekshirish, tayyorlash, mahsulot olish jarayonlari, xossalarni o'rganish va hisoblash usullari keltirilgan. Unda namlikni aniqlash, granolometrik tarkibni hisoblash, qovushqoqlikni aniqlash, quritishdagi va kuydirishdagi qisqarishni hisoblash, kimyoviy tarkibni aniqlash va hokazo masalalar yoritilgan.