«Kоstyum tarixi va kompozitsiyasi»
Ushbu kitob kostyum kompozitsiyasi, dizayn, tarixi va madaniy ahamiyatiga bag'ishlangan ma'ruzalar matnidir. Unda kostyumning asosiy elementlari, shakllari, materiallari, bezaklari, ranglar uyg'unligi, va ko'z aldanishlaridan foydalanish kabi jihatlari batafsil yoritilgan. Kitob O'zbekiston va jahon xalqlarining milliy liboslariga, kostyumning ijtimoiy va badiiy ahamiyatiga alohida e'tibor qaratadi.