Абдулхолиқ Ғиждувонийнинг диний ва ирфоний қарашлари
Ushbu kitob Oʻzbekistonning buyuk mutasavvifi, soʻfiy olimi va mutafakkiri Xoja Abdulxoliq Gʻijduvoniyning hayoti, maʼnaviy merosi, taʼlimoti va falsafiy qarashlariga bagʻishlangan. Kitobda Gʻijduvoniyning din va irfoniy qarashlari chuqur tahlil etilib, uning insonparvarlik gʻoyalari, ilm va iymonga munosabati, axloqiy poklik va komil inson haqidagi fikrlari yoritilgan. Shuningdek, Xoja Abdulxoliq Gʻijduvoniy asos solgan Xojagon tariqati va uning asosiy tamoyillari haqida maʼlumotlar berilgan.