Aktyorlik mahorati
Ushbu kitob aktyorlik mahoratining nazariy va amaliy jihatlarini chuqur o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda aktyorning asosiy funksiyalari, Stanislavskiy sistemasi, sahnaviy diqqat, tasavvur, munosabat, kechinma va taqlidiy san’at, xarakter va xarakterlilik, mizanssena, tempo-ritm, improvizatsiya, “to‘rtinchi devor”, aktyor etikasi kabi muhim mavzular chuqur tahlil etilgan. Shuningdek, aktyorlik treningi, tasavvurdagi buyumlar bilan ishlash, buyumlarni jonlantirish, kuzatuv mashqlari, etyudlar ustida ishlash, inssenirovka, dramatik parchalar ustida ishlash kabi amaliy mashqlar ham batafsil yoritilgan. Kitob aktyorlik kasbining nazariy bilimlarini mustahkamlash va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, kelajakda yetuk mutaxassis aktyorlar tayyorlashga xizmat qiladi.