Artterapiya
Ushbu kitob "Art-terapiya" fanini o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, unda ushbu fanning nazariy asoslari, asosiy yo'nalishlari, turlari va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida qo'llash usullari keng yoritilgan. Kitobda art-terapiyaning tarixi, psixologik va pedagogik ahamiyati, turli texnikalari (izoterapiya, musiqa terapiyasi, qo'g'irchoq terapiyasi, rang terapiyasi, biblioterapiya, logoterapiya, ertak terapiyasi, o'yin terapiyasi, rang bilan davolash terapiyasi, psixokorreksiya va boshqa usullar) hamda ularning bolalar rivojlanishiga ta'siri keng tahlil qilingan. Shuningdek, MTTda psixologning ishlash usullari, boshqa mamlakatlardagi psixologik xizmat tajribalari bilan tanishish, shuningdek, bilish jarayonlarini korreksiya qilish va taraqqiyoti kabi muhim mavzular ham qamrab olingan.