Asad Dilmurod nasrida muallif shaxsiyati va ijodiy tutum uyg‘unligi
Ushbu dissertatsiya O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasida ro'yxatga olingan. Tadqiqot Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida amalga oshirilgan. Dissertatsiya avtoreferati uch tilda (oʻzbek, ingliz, rus) tayyorlangan. Tadqiqotning maqsadi – Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Asad Dilmurod (1947-2019) nasriy merosini muallif shaxsiyati va ijodiy tutumi uyg'unligi negizida ochib berishdir. Tadqiqotda Asad Dilmurod ijodiy biografiyasi, kamol topgan muhiti, ta'sirlangan manbalari, badiiy ijod psixologiyasi, qalb dialektikasi, ijodiy niyat, estetik ideal, badiiy-estetik konsepsiya, epik bayon tarzi kabi masalalar o'rganilgan. Shuningdek, Asad Dilmurod asarlarida falsafiy mushohadaning teranlashuvi, intellektual romanlarga xos xususiyatlar, ramziy-majoziy mazmun va badiiy ifoda serqatlamligi, poetik ifoda rakurslari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari 8 ta ilmiy-amaliy anjumanlarda muhokamadan oʻtkazilgan va 19 ta ilmiy ish nashr etilgan.