Боғдорчиликда сув тежамкор технологиялар
Ushbu ilmiy ishda Sirdaryo viloyatining sho'rlanishi va yer osti suvlarining yuqoriligi bilan tavsiflangan hududlarida mevali bog'larni sug'orishda an'anaviy usullarni takomillashtirish, aynan egar oralig'iga plyonka yoyib sug'orish usulini joriy etishning samaradorligi o'rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko'ra, ushbu usul suvning infiltratsiyadan yo'qolishini kamaytiribgina qolmay, balki yer osti suvlari sathining ko'tarilishi va sho'rlanishning oldini olishga yordam beradi. Bu esa sug'orish suvini 13,2-14,1% ga iqtisod qilish imkonini beradi.