Гўзал ўлка қўшиқлари
Kitobda A.Normatov va A.Rajabovlarning "Go'zal o'lka qo'shiqlari" to'plami keltirilgan. To'plamdan O'zbekistonning go'zal tabiati, vatanparvarlik, insoniy tuyg'ularni tarannum etuvchi qo'shiqlar o'rin olgan. Qo'shiqlar notalari bilan birga berilgan bo'lib, xor jamoalari, ansambllar va yakka ijrochilar uchun mo'ljallangan. Qo'shiqlar turli xil uslub va janrlarda yozilgan bo'lib, ularni turli cholg'u asboblarida ijro etish mumkin. Kitobdan o'rin olgan qo'shiqlar o'quv yurtlari talabalari va musiqa ixlosmandlari uchun repertuar sifatida foydalanishga tavsiya etiladi.