Фуқаро муҳофазаси
Ushbu kitob fuqarolarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish, ularning xavfsizligini ta'minlash masalalariga bag'ishlangan. Unda fuqaro muhofazasining tashkiliy tuzilishi, vazifalari, huquqiy asoslari, hamda favqulodda vaziyatlarda aholini va hududlarni himoya qilish bo'yicha ko'riladigan chora-tadbirlar haqida ma'lumot berilgan. Qo'llanmada, shuningdek, harbiy tahdidlar sharoitida aholi xavfsizligini ta'minlash masalalari ham ko'rib chiqilgan. Kitob O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari, Fuqaro muhofazasi tizimi xodimlari, talabalar va keng ommaga mo'ljallangan.