INGLIZ TILI
Ushbu uslubiy qo'llanma Navoiy Davlat Konchilik Instituti Konchilik Fakulteti uchun ingliz tilidagi zamonlarni o'rganishga bag'ishlangan. Kitobda ingliz tilining grammatikasini, xususan fe'l zamonlari haqida batafsil ma'lumot berilgan. Nofilologik yo'nalishlar talabalari uchun mo'ljallangan ushbu qo'llanma zamon strukturasini tushunish va mashqlar orqali mustahkamlashga yordam beradi. Qo'llanma CEFR standartlariga mos holda tayyorlangan va o'quv jarayonida amaliy qo'llanma sifatida xizmat qiladi.