My first pictury dictionary
Ushbu kitob bolalar uchun moʻljallangan va ingliz, oʻzbek va rus tillarida lugʻatdan iborat. Unda turli mavzularga oid soʻzlar rangli rasmlar bilan birga taqdim etilgan boʻlib, oʻquvchilarning til oʻrganishini osonlashtiradi va qiziqarli qiladi. Kitobda ranglar, fasllar, oila aʼzolari, maktab, tabiat, kasblar, musiqa asboblari, mevalar, sabzavotlar, kiyim-kechaklar, transport vositalari, uy hayvonlari, yovvoyi hayvonlar, qushlar, hasharotlar, uy jihozlari va boshqa koʻplab mavzular qamrab olingan.