Истеъмолчи танлови назарияси
Ushbu kitob iste'molchi tanlovi nazariyasiga bag'ishlangan bo'lib, iste'mol nazariyasi, uning postulatlari, bozor iqtisodiyoti sharoitida naflilik nazariyasi va funksiyasining ahamiyati, befarqlik egri chizig'i va iste'molchining muvozanatlik shartlari kabi mavzularni qamrab oladi. Kitobda, shuningdek, iste'molchining fiziologik ehtiyojlarini qondirishga harakati, ne'mat nafliligi, chekli naflilik, befarqlik egri chiziqlari, chekli almashtirish normasi, iste'molchining tanlovi, daromad chizig'i va daromad o'zgarishining daromad chizig'iga ta'siri hamda iste'molchi ehtiyojlarining maksimal qondirilishi grafiklari ko'rib chiqiladi.