Кастюмбоп матонинг ҳаво ўтказувчанлигига тасир этувчи омилларну ўрганиш
Ushbu diplom ishi to'qimachilik sanoatida, xususan, kostyumbop matolarning havo o'tkazuvchanligiga ta'sir etuvchi omillarni o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqotda matolarning tuzilishi, ip tarkibi, o'rilishi, zichligi kabi parametrlar hamda ularning yuvish ta'siridan so'nggi o'zgarishlari va ularning havo o'tkazuvchanlikka ta'siri atroflicha tahlil qilingan. Shuningdek, turli tola tarkibli matolarning fizik-mexanik xossalari aniqlanib, ularning samaradorligi ko'rsatilgan. Ishlab chiqarish jarayonida mavjud texnologiyalar va zamonaviy asbob-uskunalardan foydalanish bo'yicha tavsiyalar berilgan. Ishlab chiqarishni tashkil etish va uni rivojlantirish bo'yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar va xulosalar keltirilgan.