Серонегатив спондилоартритли беморларда бакстимс препаратининг клиник ва лаборатор самарадорлигини баҳолаш
Ushbu kitob seronegativ spondiloartrit (SSA) bilan kasallangan bemorlarda "Bakstims" preparatining klinik va laborator samaradorligini baholashga bag'ishlangan. Dissertatsiya ishida SSAning turli shakllari (ankilozlovchi spondiloartrit, reaktiv artrit, psoriatik artrit) bo'lgan bemorlarning klinik ko'rinishlari, immunologik o'zgarishlari va "Bakstims" preparatining mahalliy qo'llanilishi samaradorligi o'rganilgan. Shuningdek, eksperimental tadqiqotlar yordamida "Bakstims"ning yallig'lanishga qarshi, og'riq qoldiruvchi va regeneratsiya jarayonlarini rag'batlantiruvchi ta'sirlari aniqlangan.