Сомонийлар давлатида кончилик масалалари
Ushbu maqola oʻrta asr Somoniy davlati rivojiga katta hissa qoʻshgan konchilik sanoati, xususan, oltin, kumush va boshqa qimmatli metallar qazib olish, ulardan foydalanish va tangalar zarb etish jarayonlarini, shuningdek, ushbu davrdagi hunarmandchilik, savdo-sotiq, zargarlik va taqinchoqlar yasash sanʼati rivojini Somoniyylar davlatining boy konlari bilan bogʻliq holda ochib beradi. Shuningdek, maqolada oʻrta asrlar Buxoro tangalari, ularning qiymati va muomalasi, xususan, "Buxoro kumush tangalari"ning oʻziga xos jihatlari, ularning qadri va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati haqida soʻz boradi. Qolaversa, maqolada Rossiya imperiyasi davrida Buxoro amirligidan olib ketilgan boyliklar, xususan, oltin va kumushning miqdori va ularning taqdiri haqida maʼlumotlar berilgan. Soʻnggi qismda esa Oʻzbekistonning mustaqillik yillarida oltin qazib olish sanoatining rivojlanishi va zarflangan oltinlar haqida soʻz yuritiladi.