Матричная алгебра
Ushbu kitob oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan "Oliy matematika" kursining "Matritsalar algebrasi" bo'limini o'rganishga bag'ishlangan o'quv qo'llanma hisoblanadi. Qo'llanmada matritsalar va ular ustida amallar, determinantlar, teskari matritsa, matritsa rangi kabi asosiy tushunchalar batafsil yoritilgan. Nazariy ma'lumotlar ko'plab misollar bilan mustahkamlangan, har bir bo'lim so'ngida nazorat savollari va referatlar uchun mavzular keltirilgan. Kitobning so'nggi qismida matritsalar algebrasining iqtisodiy va kimyoviy masalalarni modellashtirishga oid amaliy qo'llanilishi ko'rsatilgan.