Kichik biznesni kreditlashning chet el tajribasi va undan O`zbekiston amaliyotida foydalanish imkoniyatlari
Ushbu tadqiqot ishi O'zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalarini, ayniqsa, kichik biznesni kreditlashning nazariy va amaliy jihatlarini o'rganishga bag'ishlangan. Unda mamlakatimizda kichik biznesni rivojlantirish bo'yicha davlat siyosati, kichik biznesni kreditlashning huquqiy-me'yoriy asoslari, xorijiy tajribalar, jumladan, AQSH, Yaponiya, Germaniya, Italiya, Buyuk Britaniya kabi rivojlangan davlatlarning tajribalari tahlil qilingan. Shuningdek, O'zbekiston banklari tomonidan kichik biznesni kreditlash amaliyoti, bu boradagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo'llari ham ko'rib chiqilgan. Tadqiqotda kichik biznesni kreditlash bo'yicha xorijiy tajribani O'zbekiston bank amaliyotiga tadbiq qilish imkoniyatlari ham ko'rsatib o'tilgan. Tadqiqot yakunida kichik biznesni yanada rivojlantirish bo'yicha taklif va tavsiyalar berilgan.