Creating the new technology capsule of Amlodipine Besylate.
Ushbu maqolada Amlodipin Besilat kapsulalarini ishlab chiqarish texnologiyasi o'rganilgan. Maqolada Amlodipin Besilatning xususiyatlari, uni kapsulalarda ishlab chiqarishning afzalliklari, ishlab chiqarish jarayonida qo'llaniladigan usullar va texnologik xususiyatlar muhokama qilinadi. Tadqiqotda Amlodipin Besilat moddasining mikroskopik tadqiqotlari o'tkazilib, uning kristallari shakli va o'lchamlari aniqlangan. Shuningdek, Amlodipin Besilatning texnologik xususiyatlari, jumladan, fraksion tarkibi, oquvchanligi, zichlik koeffitsienti va boshqalar o'rganilgan. Maqolada Amlodipin Besilat kapsulalarini ishlab chiqarish uchun granulyatsiya jarayoni qo'llanilishi va bu jarayon natijasida kapsula hajmining texnologik xususiyatlari yaxshilanishi ko'rsatilgan. HPLC usuli yordamida Amlodipin Besilatning tozaligi va miqdori aniqlanishi, shuningdek, ushbu usulning sezgirligi va aniqligi farmakopeya talablariga mos kelishi ta'kidlangan.