Polimer kompozitsion materiallarni yaratish asoslari
Ushbu uslubiy qo'llanma "Polimer kompozitsion materiallarni yaratish asoslari" fanining nazariy bilimlarni takrorlab, polimer materiallar, ularni xossalari, polimer kompozitsion materiallar yaratishda har bir komponentni roli, ingradientlarni tanlash, ma'lum bir xossaga ega bo'lgan polimer materiallar yaratish bo'yicha nazariy bilim va tajriba mashg'ulotlarini o'z ichiga olgan. Laboratoriya ishlarini bajarish orqali, talabalar yangi polimerlar yaratish muammolari, kompozitsion materiallar olishni, polimer va polimer materiallar uchun xom ashyoni tanlashni, ishlab chiqarishda oldindan xossalari va chiqish foizlarini qanday yo'llar bilan boshqarish mumkinligini o'rganadilar. Ushbu qonuniyatlarni talabalar laboratoriya ishida biron-bir polimer kompozitsion material olishda o'rganadilar. Kitobda PKMlardagi fazalararo hodisalarning fizik-kimyoviy nazariyasi, polimerlarni to'ldiruvchi sirtidagi adsorbsiyasi va adgeziyasi nazariyalari, polimerlarni oraliq va fazolararo qatlam hosil qilish nazariyalari hamda polimerlarni to'ldiruvchilar bilan kuchaytirish nazariyalari batafsil yoritilgan. Shuningdek, materiallar xossalari, ularning qiyosiy va sifat jihatdan tahlili, muhim fizik-mexanik ko'rsatkichlari, kimyoviy faolligi, termik barqarorligi, optik va dielektrik xossalari kabi jihatlar ham atroflicha o'rganilgan. Kitob oxirida har bir mavzu bo'yicha nazorat savollari va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati keltirilgan.