Псориаз клиник хусусиятлари.
Ushbu kitob psoriaz kasalligining etiologiyasi, klinik ko'rinishlari, diagnostikasi va zamonaviy davolash usullarini o'rganishga bag'ishlangan. Kitobda kasallikning kelib chiqishi, rivojlanish mexanizmlari, turli klinik shakllari, tashxis qo'yish usullari va zamonaviy davolash tamoyillari batafsil yoritilgan. Shuningdek, psoriazning klinik ko'rinishlari va davrlari, shilliq pardalar va tirnoq plastinkalaridagi o'zgarishlar, eksudativ va seboreyali psoriaz, artropatik psoriaz, pustulyoz psoriaz kabi turlari haqida ma'lumot berilgan. Kasallikni davolashda qo'llaniladigan dori vositalari, usullar, jumladan, glyukokortikoidlar, immunodeepressantlar, PUVA terapiya va mahalliy davolash usullari ham ko'rib chiqilgan.