Ранняя диагностика факторов риска, влияющих на формирование кариеса зубов в детском возрасте
Ushbu uslubiy qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi va Toshkent davlat stomatologiya universiteti tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, bolalarda tish kariyesining rivojlanish xavfini erta aniqlashga qaratilgan. Unda kariesning sabablari, risk omillari, turli yosh guruhlaridagi bolalarda uning tarqalishi, shuningdek, profilaktika va davolashning zamonaviy usullari atroflicha ko'rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari karies rivojlanishida muhim rol o'ynaydigan omillarni aniqlashga yordam beradi va bu ma'lumotlar bolalar stomatologiyasi va jamoat salomatligi sohasida muhim ahamiyatga ega. Kitobda shuningdek, tibbiy xodimlarga va ota-onalarga mo'ljallangan tavsiyalar ham mavjud.