About Several Infrastructure Constructions Of The Great Silk Road
Ushbu maqola Buyuk Ipak yo'li bo'ylab joylashgan magistral yo'llarni xizmatini tashkil etish tamoyillari, shuningdek, arxitektura va tipologik yechimlar hamda sun'iy suv omborlarining muhimligini ochib beradi. Xususan, maqolada sardobalar, suv havzalari va korizlar Buyuk Ipak yo'li yo'nalishidagi muhim yo'l inshootlari sifatida ta'kidlangan. Sardobalar, Buyuk Ipak yo'li yo'nalishida joylashgan har bir mintaqaning milliy arxitekturasi asosida qurilgan bo'lib, ularning har biri o'ziga xos uslubga ega. Sardobalar yozda sovuq suv, qishda esa iliq suv ta'minlab berganligi bilan qadrlangan. Muallif bu inshootlarning suv ta'minoti va salqinlash tizimlariga qo'shgan hissasini ham tahlil qiladi. Shuningdek, maqolada qadimgi sug'orish inshootlarining Markaziy Osiyo arxitektura merosi sifatida ahamiyati ham ko'rsatib o'tilgan.