Yog’ochga ishlov berish va duradgorlik dastgohlari
Ushbu kitob O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan M. Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti “Muxandislik kommunikasiyalar qurilishi” fakulteti, “Kasb taʼlimi” kafedrasi tomonidan tayyorlangan. Kitobda “Yog‘ochga ishlov berish va duradgorlik dastgohlari” fanidan ma’ruzalar matni keltirilgan bo‘lib, u bakalavr yo‘nalishi talabalari hamda qurilish kasb-hunar kollejlari mutaxassis fanlari o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan. Kitobda jami 13 ta mavzu yoritilgan bo‘lib, unda yog‘och, uning turlari, avzallik va kamchiliklari, yog‘ochning tuzilishi, yog‘och materiallari, yog‘ochning texnikaviy xossalari, yog‘ochga ishlov berish asboblari va dastgohlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek har bir mavzu bo‘yicha tayanch iboralar nazorat savollari va adabiyotlar ro‘yxati berilgan.