🔍

Физика, математ.инфо.

Ushbu maqolada uzluksiz ta'lim tizimining turli bosqichlarida fizika fanidan laboratoriya mashg'ulotlarini tashkil qilishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning tutgan o'rni haqida fikr yuritiladi. Maqolada pedagog va professor-o'qituvchilarning o'quvchilarga ilmiy, haqqoniy bilimlarni asli holicha tushuntirish, ularning bilimlarini mustaqil o'rganishning o'zlashtirilgan haqiqatlar borliqdagi - inson ongidan tashqari obyektiv mavjud narsalarga muvofiqligini kafolatlaydigan yo'lga solishdan iboratligi ta'kidlanadi. Ilmiy asosdagi to'g'ri o'qitish natijasida o'quvchi va talabalar ongida obyektiv olamning haqqoniy manzarasi hosil bo'lishi, bu orqali o'quvchi va talabaning ijodkorligini oshirish mumkinligi ko'rsatiladi. O'quvchi va talabaning ijodi - uning olgan bilimlarni hayotda ko'rgan faktlar va hodisalarga bog'lay olishi, ularni to'g'ri baholay olishi, dastlabki ma'lumotlarni tahlil qila olishi muhimligi aytiladi. Pedagog va professor-o'qituvchilarning zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib, dars jarayonini tashkil etishi hozirgi zamon o'quvchi hamda talabasi uchun muhim ahamiyat kasb etishi ta'kidlanadi. Fizika fanini o'qitish jarayonida berilgan nazariy bilimlarni o'quvchi va talabalar o'zlashtirishi hamda shu bilimlar to'g'risida ko'nikma va malakalar hosil qilish uchun ushbu bilimlarni amaliyotga qo'llash zarurligi, jumladan, laboratoriya ishlarini bajarish muhimligi aytiladi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash, jumladan, tarmoqlar (klaster) metodi o'quvchi va talabalarning mavzuni chuqur o'rganishlariga yordam berishi, ularni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrlarini erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik bilan uzviy bog'langan holda tarmoqlashlariga o'rgatishi ko'rsatiladi. Maqolada laboratoriya ishlarini tasniflash va ularni tashkil etish bo'yicha tavsiyalar berilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 71.6%

Физика

Ushbu uslubiy ko'rsatma fizika fanining "Molekulyar fizika va termodinamika asoslari" bo'limi bo'yicha masalalar va ularni yechishga oid uslubiy ko'rsatmalarni o'z ichiga oladi. Ko'rsatma Davlat ta'lim standarti asosida "Kompyuter injiniringi", "Telekommunikatsiya texnologiyalari" yo'nalishlari bo'yicha tayyorlanayotgan mutahassislar bilimiga tegishli namunaviy dastur va o'quv rejalar asosida ishlab chiqilgan. Umumiy fizikaning elektr va magnitizm bo'limlariga doir oltita mavzu bo'yicha masalalar keltirilgan. Mavzulardagi masalalar 25 ta variantlarga taqsimlangan, 5 tadan variantlar talabalarning mustaqil uy ishlari uchun ajratilgan. Ko'rsatmada mustaqil ishlash uchun masalalarni echish namunalaridan tashqari, talabalar o'zlashtirgan nazariy bilimlarni tekshirish uchun nazorat savollari va zaruriy adabiyotlar ro'yxati keltirilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 71.6%

Физика

Ushbu kitob fizika fanining asosiy tushunchalari va qonuniyatlarini o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, unda mexanika, termodinamika, elektromagnetizm, optika va kvant fizikasining fundamental masalalari batafsil yoritilgan. Kitobda nazariy ma'lumotlar bilan bir qatorda amaliy misollar va masalalar keltirilgan bo'lib, ularning yechimlari tahlil qilingan. Bundan tashqari, har bir bobning oxirida nazorat savollari berilgan bo'lib, ular o'quv materialini mustahkamlashga yordam beradi.

🔑 Kalit soʻz🎯 71.6%

Физика

Ushbu uslubiy ko'rsatma Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg'ona filiali talabalari uchun "Fizika" fanining "Molekulyar fizika va termodinamika asoslari" bo'limi bo'yicha masalalar va ularni yechishga oid uslubiy ko'rsatmalarni o'z ichiga oladi. Ko'rsatma Davlat ta'lim standartlari asosida ishlab chiqilgan bo'lib, unda nazariy bilimlarni tekshirish uchun nazorat savollari va zaruriy adabiyotlar ro'yxati keltirilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 71.6%

Физика

Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan Nashr etilgan. "Navoiy kon-metallurgiya kombinati Navoiy davlat konchilik instituti "Energo-mexanika fakulteti "Umumiy Fizika" kafedrasi tomonidan nashr etilgan «Fizika» fanining mexanika bo'limidan ma'ruzalar matnidir. Kitob texnika oliy o'quv yurtlari uchun Fizika fanining namunaviy dasturida keltirilgan fizika fanining mexanika bo'limiga tegishli 9 ta ma'ruzalar matnidan iborat. Mualliflar ma'ruzalarni mexanika bo'limiga oid barcha asosiy qonuniyat va tushunchalarni qamrab olgan holda talabalarga tushunarli va sodda tilda bayon qilishga harakat qilishgan. Har bir ma'ruza tayanch iboralar, mavzuga tegishli chizmalar va matematik formulalar va nazorat savollari bilan boyitilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 71.6%