Vizual dasturlash tillari
Ushbu o’quv-uslubiy majmua talabalarga Visual Basic dasturlash tilini o’rgatishga qaratilgan. Majmuada dasturlash tili, uning asosiy tushunchalari, operatorlari, protseduralar, funksiyalar, massivlar, grafik imkoniyatlari, multimediа va boshqa ko‘plab mavzular chuqur o‘zlashtirilgan. Kitobda nazariy ma’lumotlar bilan bir qatorda ko‘plab amaliy va tajriba mashg‘ulotlari hamda nazorat savollari keltirilgan. Shuningdek, har bir mavzu bo‘yicha batafsil tushunchalar berilgan va amaliy mashg‘ulotlar uchun qo‘llanmalar va tavsiyalar ham mavjud. Majmua talabalarga zamonaviy dasturlash tillarini o‘rganishda va kelajakda o‘z kasbiy faoliyatida qo‘llashda muhim ahamiyat kasb etadi.