Ilmiy tadqiqot asоslari
Ushbu o'quv-uslubiy majmua «Texnologik mashina va jihozlar» kafedrasining 2021-yil 23-avgustdagi 1-sonli yig'ilishida muhokama qilingan hamda institut uslubiy kengashining 2021-yil 28-avgustdagi 1-sonli yig'ilishida ko'rib chiqilgan va tasdiqlangan. Ushbu uslubiy ko'rsatma 5320700 – Texnologik mashina va jihozlar ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan. Mazkur uslubiy ko'rsatma ilmiy tadqiqot olib borish, ilmiy tadqiqot ishlarini rasmiylashtirish, ilmiy tadqiqotlarni tajriba va nazariy jihatdan o'rganish, ixtirochilik va patentlash asoslari, ilmiy-texnikaviy axborotni ishlab chiqish va boshqa ko'plab masalalar bo'yicha nazariy va amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga qaratilgan.