"Óz júrtın dástan etken jazıwshı" - T.Qayıpbergenovtıń 90-jıllıq yubileyine metodikalıq qollanba
Ushbu kitob Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq yozuvchisi Toʻlepbergen Qayıpbergenovning 90 yilligi munosabati bilan tayyorlangan metodik qoʻllanmadir. Unda yozuvchining hayoti va ijodiy faoliyati, ijodining asosiy yoʻnalishlari, jumladan, uning qoraqalpoq adabiyotiga qoʻshgan hissasi, milliy proza va dramaturgiyani boyitgan asarlari, shuningdek, xalqaro miqyosdagi tan olinishi yoritilgan. Qoʻllanma yozuvchining hayoti va ijodi haqida ma'lumot beruvchi qismlardan, uning asarlariga bagʻishlangan tadbir ssenariylari va koʻrgazma loyihalaridan iborat. Shuningdek, kitobda Toʻlepbergen Qayıpbergenovning qoraqalpoq, oʻzbek, rus, qozoq va boshqa tillarda chop etilgan ijod namunalari va uning ijodiga bagʻishlangan maqolalar roʻyxati keltirilgan.