Mikroiqtisodiyot fanidan masalalar to‘plami
Ushbu oʻquv-uslubiy qoʻllanma "Mikroiqtisodiyot" fanining asosiy maqsadi talabalarda milliy iqtisodiyotning birlamchi bo'g'ini subyektlari: alohida firmalar, alohida iste'molchilar va alohida bozorlar faoliyati va ularning oqilona qaror qabul qilishi bo'yicha bilim va ko'nikmalarni shakllantirishdan iborat. Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o'tishi bilan jamiyatda bozor iqtisodiyotining amal qilish mexanizmini, turli mulkchilikka asoslangan korxonalarning (firmalarning) xo'jalik yuritish faoliyatini, ularning bozor sharoitidagi harakatini, cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanish yo'llarini va shu asosda ularni samarali faoliyat yuritishlarini o'rgatuvchi bilimga bo'lgan ehtiyoj ortib boradi. Bu masalalarni hal qilishda "Mikroiqtisodiyot" fanining ahamiyati katta, chunki bu fan iqtisodiyot fanining tarkibiy qismi bo'lib, u korxonalar, firmalar, birlashmalar, uy xo'jaliklari va bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat iqtisodiyotining quyi qismida amal qiladigan barcha bozor subyektlarining faoliyatini keng miqiyosda tahlil etish asosida tegishli xulosalar chiqarib, qarorlar qabul qilish imkonini yaratadi.