Устоз ижодкор
Ushbu kitob Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan chop etilgan boʻlib, atoqli oʻzbek shoiri va dramaturgi Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodiga bagʻishlangan. Kitob Shayxzodaning serqirra ijodiy faoliyatini, uning adabiy merosini chuqur oʻrganish va targʻib qilish maqsadida yaratilgan metodik-bibliografik qoʻllanmadir. Qoʻllanma kutubxonachilar, adabiyotshunoslar va keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan boʻlib, Maqsud Shayxzodaning 100 yilligiga bagʻishlangan tadbirlarni tashkil etishda yordam beradi.