ХOРAЗМ ВOҲACИНИНГ ҚAДИМГИ ВA ИЛК ЎРТA ACРЛAР МAЪНAВИЙ МAДAНИЯТИ
Ushbu tadqiqot qadimgi Xorazm vohasining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma'naviy rivojlanishini, shu jumladan, uning qadimgi davrlarida va ilk o'rta asrlarda shakllangan ma'naviy madaniyatini o'rganadi. Tadqiqotda arxeologik, yozma va etnogafik manbalar, jumladan, "Avesto", qadimgi forslarning bitiklari, yunon va xitoy manbalari, o'rta asr mualliflari asarlari, shuningdek, Xorazm vohasi haqidagi so'nggi ilmiy tadqiqotlar, monografiyalar, maqolalar va boshqa ilmiy adabiyotlar tahlil qilingan. Unda Xorazm ma'naviy madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida ijtimoiy-iqtisodiy, etnik va siyosiy omillarning o'rni, shuningdek, ushbu davrlar uchun xos bo'lgan tarixiy an'analar va yangiliklarning uyg'unligi, amaliy bilimlar, yozuv va tasviriy san'atning rivojlanishi, diniy e'tiqodlar, urf-odatlar va marosimlarning o'ziga xos jihatlari, shuningdek, Xorazm madaniyatining jahon sivilizatsiyasidagi o'rni va ahamiyati ochib berilgan.