Xojamnazar Huvaydo merosining tasavvufiy talqini
Ushbu avtoreferat Xojam Nazar Huvaydo merosining tasavvufiy talqini, uning ijodiyoti va hayotining ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatlarini oʻrganishga bagʻishlangan. Tadqiqotda shoirning ijodiy merosi, uning tasavvufiy gʻoyalari, dunyoqarashi, umumbashariy qadriyatlar bilan boyitilgan ijodining mohiyati, shuningdek, uning oʻzbek adabiyoti va madaniyatiga qoʻshgan hissasi chuqur tahlil qilinadi. Huvaydo asarlarida naqshbandiya tasavvufiy gʻoyalarining aks etishi, ummoninsoniy gʻoyalar, axloqiy-tarbiyaviy qarashlar, barkamol inson tarbiyasi kabi mavzular oʻz yechimini topgan.