Xor partiturasini o’qish
Ushbu o‘quv-uslubiy majmua “Xor partiturasini o‘qish” fani bo‘yicha yaratilgan bo‘lib, unda mazkur fanning namunaviy va ishchi dasturlari, yakka mashg‘ulotlarning mazmuni, fan bo‘yicha glossariy, baholash mezonlari, ta’lim texnologiyalari, o‘quv materiallari,darslik va adabiyotlar ro‘yxati hamda majmuaga taalluqli barcha materiallarning elektron shakllari jamlangan. Ushbu o‘quv-uslubiy majmua Xalq ijodiyoti (turlar bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan. Fan o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar qo‘llaniladi. Talabalar fan mazmunini o‘zlashtirish jarayonida quyidagi bilimlarga ega bo‘lishi kerak: partitura yozuvining vujudga kelishi, xor asari partiturasida ovoz partiyalarining joylashuvi, kalitlar, diapozoni, tessituraviy xususiyatlari va ularning asarlarda aks etishi. Ijro repertuarini tanlash, asarlarni tahlil etish, olingan nazariy bilimlarni amalda qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim. Shu jumladan, bir, ikki, uch va to‘rt qatorli xor asarlarini fortepianoda ijro eta olish va ularni vokal-xor tahlil qila olishi kerak.