O‘rtacha sho‘rlangan tuproqlarda jo‘xori yetishtirishda sho‘r yuvish muddati va sug‘orish tartiblarini ishlab chiqish (Sirdaryo viloyati misolida)
Ushbu avtoreferat oʻrtacha shoʻrlangan tuproqlarda joʻxori yetishtirishda shoʻr yuvish muddatining hamda sugʻorish tartiblarining oʻsimlikning oʻsishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta'sirini aniqlashga bagʻishlangan ilmiy-tadqiqot ishining qisqacha mazmunini oʻz ichiga oladi. Tadqiqot Sirdaryo viloyati sharoitida olib borilgan boʻlib, unda joʻxori ekinini sugʻorish, shoʻr yuvish muddatlari, suv sarfi kabi muhim agrotexnik tadbir hamda tuproqning suv-fizik xossalariga taʼsirini oʻrganishga qaratilgan. Tadqiqot natijalari koʻrsatishicha, shoʻr yuvishning optimal muddati noyabr oyi, sugʻorishning esa 70-80-70% tuproq namligini saqlash hamda 4 marta sugʻorish eng samarali ekanligi aniqlangan. Bu usullar tuproq unumdorligini oshirishga, suvni tejashga va joʻxori hosildorligini koʻpaytirishga yordam beradi.