Study of nozogeoraphic situation and its study on the basis of sociological survey
Ushbu maqola Oʻzbekistonning Samarqand va Navoiy viloyatlarida nosogeografik vaziyatni va uning aholi salomatligiga ta'sirini sotsiologik so'rov asosida o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqotda ushbu hududlardagi kasallanishlar, ularga ta'sir etuvchi tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy va geografik omillar tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida hududlardagi asosiy kasalliklar aniqlanib, ularning oldini olish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqolada shahar va qishloq joylaridagi salomatlik holati, atrof-muhitning salomatlikka ta'siri, ayniqsa, sanoat zonalari va transport vositalarining ifloslanishi natijasida yuzaga keladigan kasalliklar, jumladan, respirator yo'llari, oshqozon-ichak kasalliklari, onkologik kasalliklar va boshqalar batafsil ko'rib chiqilgan. Shuningdek, aholining tibbiy, gigiyenik va ekologik sharoitlarga munosabati ham o'rganilgan.