Эффективные методы обучения в процессе повышения квалификации
Maqolada malaka oshirish jarayonida o‘qitish usullariga yaxlit yondashuv, mashg‘ulotlarning maqsad va mazmuniga mos ravishda ularni to‘g‘ri tanlash, malaka oshirish kurslarida o‘quv mashg‘ulotlarida samarali qo‘llash masalalari yoritilgan. Ta'lim tizimini rivojlantirishda pedagog kadrlarning malakasini oshirish muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, malaka oshirish tizimi zamon talablariga javob berishi, ya'ni doimiy ravishda rivojlanish, takomillashish va o‘zini-o‘zi takomillashtirish tendentsiyasiga ega bo‘lishi kerak. Ushbu talablar, avvalambor, malaka oshirish tizimida asosiy jarayon hisoblangan o‘quv jarayoniga tegishli. O‘quv jarayonini takomillashtirish bilan bog‘liq ko‘plab omillardan eng muhimi o‘qitishning zamonaviy ilg‘or usullarini to‘g‘ri tanlash va samarali qo‘llashdir. Hozirgi vaqtda o‘quv jarayonida ko‘plab o‘qitish usullari, pedagogik texnologiyalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, shuningdek, har biri o‘z tarixiga ega bo‘lgan turli xil o‘quv vositalari mavjud va qo‘llaniladi.