Анатомия и морфология щитовидной железы у некоторых позвоночных животных
Ushbu kitobda turli xil umurtqali hayvonlarning (qurbaqa, kaltakesak, kaptar, quyon) qalqonsimon bezining anatomiyasi va morfologiyasi o'rganilgan. Tadqiqotda anatomiya-morfologik usullar qo'llanilib, preparatlar tekshirilib, tavsiflanib va suratga olingan. Qalqonsimon bezning tuzilishi, funksiyasi, yoshga qarab rivojlanishi, boshqa umurtqali hayvonlar bilan qiyosiy xususiyatlari, shuningdek, uning tarkibidagi follikulalar va gormonlar haqida ma'lumotlar berilgan. Kitobda ushbu organ haqidagi mavjud adabiyotlar tahlil qilinib, kelajakda olib boriladigan izlanishlar uchun ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega ekanligi ta'kidlangan.