🔍

Технологии производства твердосплавных формообразующих инструментов методом порошковой металлургии

Ushbu monografiyada qattiq qotishmalarni va ulardan tayyorlangan shakl beruvchi metalloqoshiqlar ishlab chiqarish texnologiyalari, ularning asosiy xususiyatlari, rivojlanish bosqichlari, zamonaviy tadqiqotlar va amaliy qo'llanishlar atroflicha ko'rib chiqilgan. Qattiq qotishmalarning mikroturlarini, mustahkamligini, issiqlikka va kimyoviy chidamliligini oshirish bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlari va ularning natijalari yoritilgan. Shuningdek, ushbu materiallardan tayyorlangan turli xil detallar va buyumlarning amaliy qo'llanishi, ishlab chiqarish jarayonlari, sifatini nazorat qilish usullari hamda iqtisodiy samaradorlik asoslab berilgan. Ushbu kitob materialshunoslik, metallurgiya, mashinasozlik va muhandislik yo'nalishlarida tahsil olayotgan talabalar, ilmiy xodimlar va amaliyotchi muhandislar uchun mo'ljallangan.

🔑 Kalit soʻz🎯 75.0%

Elektronika element bazasi va mikroelektronika

Ushbu kitob yarim oʻtkazgichlar fizikasi, yarimoʻtkazgich asboblar fizikasi, mikroelektronika va radioelektron asboblar sohasida bilim oladigan kasb-hunar kollejlari talaba oʻquvchilariga moʻljallangan. Kitobda yoritilgan va bayon qilingan har bir boʻlimlar boʻyicha fizikaning mos fanlari mavjud: yarimo'tkazgichlar va yarimoʻtkazgich materiallar fizikasi, yarimoʻtkazgich asboblar fizikasi, integral mikrosxemalar, mikroelektronika, yarimoʻtkazgich tuzilmalar texnikasi va boshqalar. Birinchi bob kirish va Elektronika element bazasi va mikroelektronika fanining qisqacha mazmunini yoritishga bag'ishlangan. Ikkinchi bob yarim oʻtkazgichli asboblaraning asosiy xossalarini o'rganishga bag'ishlangan. Bu yerda yarimo'tkazgich-larning asosiy xossalari, yarimo'tkazgich diodlarning fizika-viy asoslari va ularning tavsiflari keltirilgan. Shuningdek, yarimoʻtkazgichli rezistorlar, tranzistorlar va tiristorlar haqida ma`lumotlar berilgan. Uchinchi bob elektronli lampalarga bag'ishlangan. Bu yerda diodli, triodli, tetrodli va pentodli lampalar to'g'risidagi materiallar keltirilgan. To'rtinchi bob optoelektronika sohasiga bag'ishlangan. Bu yerda fotodiodlar, fotorezistorlar, fototranzistorlar va fototiristorlarning fizikaviy asoslari va tavsiflari toʻgʻrisida ma`lumotlar berilgan. Beshinchi bob integral mikrosxemalarga bag'ishlangan. Bu yerda ular to'g'risida umumiy ma`lumotlar, gibrid va yarimoʻtkaz-gichli mikrosxemalar haqida materiallar berilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 74.3%

Qattiq jismlarning tuzilishi

Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanma SARTEPO TURIZM VA MAISHIY XIZMAT KASB-HUNAR KOLLEJI Fizika fani o'qituvchisi Qodirova Sh.M. tomonidan tayyorlangan bo'lib, "Qattiq jismlarning tuzilishi" mavzusini chuqur o'zlashtirishga qaratilgan. Unda qattiq jismlarning umumiy xossalari, jumladan, kristall va amorf jismlarning farqlari, mexanik xossalari (elastiklik, plastiklik, mo'rtlik), issiqlikdan kengayishi hamda erishi va qotish jarayonlari ilmiy asosda tushuntirilgan. Shuningdek, mavzuni mustahkamlash uchun nazariy ma'lumotlar, amaliy masalalar va test topshiriqlari keltirilgan. Qo'llanma talabalarning fizika fanini yaxshi o'zlashtirishlari uchun mo'ljallangan.

🔑 Kalit soʻz🎯 73.6%