Local features of tajiks’ navruz songs of kashkadarya oazis
Ushbu maqola Oʻzbekistondagi Qashqadaryo vohasi tojiklarining Navroʻz qoʻshiqlari va ularning ijtimoiy-madaniy mohiyatini tahlil qiladi. Unda Navroʻz bayramining paydo boʻlishi, urf-odatlari, marosimlari hamda ushbu bayram bilan bogʻliq qoʻshiqlar va ularning mazmuni atroflicha oʻrganilgan. Xususan, Navroʻz qoʻshiqlari orqali tabiatning uygʻonishi, bahorning kelishi, xalqning quvonchi, urf-odatlar va milliy qadriyatlarning ifodalanishi, shuningdek, qoʻshiqlarning ijro uslublari, janrlari va ularning rivojlanishi haqida maʼlumot beriladi. Maqolada xalq ogʻzaki ijodi namunalari, turli tadqiqotlar va adabiyotlar asosida Navroʻz qoʻshiqlarining oʻziga xosligi, oʻrni va ahamiyati yoritib berilgan.