“Neyroekspert tizimlarida sinaptik vaznlarni hisoblash va ularni izohlash”
Ushbu bitiruv malakaviy ishi neyroekspert tizimlarida sinaptik vaznlarni hisoblash va ularni izohlashga bag'ishlangan. Ishda sun'iy neyron to'rlari, ularning asoslari, tuzilishi va ishlash prinsiplari ko'rib chiqilgan. Shuningdek, neyron to'rlarining mantiqiy shaffofligi mezonlari, neyroekspert tizimlarida sinaptik vaznlarni hisoblash usullari va dasturiy ta'minotdan foydalanish yo'riqnomasi keltirilgan. Ishning amaliy qismi miqdoriy va nominal alomatlar bilan berilgan tajriba ma'lumotlari asosida vaznlarni hisoblash va ularni tahlil qilishga bag'ishlangan.