5-sinf ona tili darslarida morfologiya va sintaksis mavzularini integratsiyalash
Ushbu bitiruv malakaviy ishi 5-sinf ona tili darslarida morfologiya va sintaksis mavzularini integratsiyalash masalalariga bagʻishlangan. Ishda integratsiya tushunchasining mohiyati, taʼlim jarayonida integratsiyaning ahamiyati, integratsiyalashgan darslarda qoʻllaniladigan metodik usullar, grammatik oʻyinlar va ulardan foydalanish yoʻllari koʻrib chiqilgan. Shuningdek, darslik materiallari tahlil qilinib, mavzularni integratsiyalash asosida oʻrgatishga oid metodik tavsiyalar berilgan.